Habib vazn toifasidan qatʼiy nazar, UFCning eng yaxshi jangchisi kim ekanligini aytdi (foto)

  • 13:28 / 16.08.2021
  • 359

Nurmagomedov u bilan Dubaydagi tadbirda uchrashdi.

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov nigeriyalik Kamaru Usmanni vazn toifasidan qatʼiy nazar eng yaxshi jangchi deb topdi.

“Dunyodagi eng yaxshi “pound four pound” (p4p) jangchisi bilan Dubayda boʻlib oʻtgan tadbirda”, — deya izoh qoldirdi Habib oʻzining Instagram sahifasida Usmon bilan tushgan suratini joylab.

Qayd etish joiz, Kamaru Usman aralash jang sanʼati boʻyicha 20 ta jang oʻtkazgan va ularda 19 marotaba gʻalaba qozonib, bir marotaba magʻlubiyatga uchragan.

Eslatib oʻtish mumkin, Habib faoliyati davomida 29 ta jang oʻtkazib, biror marta ham magʻlubiyat alamini totmagan. Nurmagomedovning soʻnggi jangi 2020-yilning oktyabr oyida Jastin Getjiga qarshi kechgan edi. Shundan soʻng, Habib onasiga otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov vafotidan keyin boshqa jang qilmaslikka vaʼda berganini aytdi.

Oqibatda, UFC prezidenti Dana Uayt bir necha bor Habibni qaytishga koʻndirmoqchi boʻldi, lekin u barcha takliflarni rad etgan edi.

Teglar