Hamid Olimjon haqida hujjatli film taqdimoti boʻlib oʻtdi

  • 10:35 / 24.09.2021
  • 76

Kecha Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “New sight media” studiyasi hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Ona yurt kuychisi” hujjatli filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Kinoasar oʻzbek adabiyotining yorqin vakili Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bagʻishlangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan “Xalq yuragi” turkumi ostida tayyorlangan.

“Ona yurt kuychisi” hujjatli filmining ssenariy muallifi Naim Karimov, rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Ahmadjon Sodiqov, kompozitor Doniyor Agzamov, rassom Komil Allaberganov.