Hasanboy Do‘smatov va Murodjon Ahmadaliyevlarning navbatdagi jang sanalari ma’lum

  • 09:48 / 22.07.2021
  • 62

Ikkala jang ham bir kunda Amerika va Rossiyada bo‘lib o‘tadi

Britaniyalik promouter Eddi Xirn ITL telekanaliga bergan intervyusida 28-avgust kuni Los-Anjelesda boks oqshomini o‘tkazish rejalari haqida gapirdi, unda WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha yengil vazn toifasi chempioni Murojon Axmadaliev (9-0, 7КО) WBA unvoniga majburiy da’vogar Ronni Riosga (33-3, 16КО) qarshi jang o‘tkazadi. Avvalroq, “Matchroom Boxing” kompaniyasi may oyida Axmadaliev va Rios o‘rtasidagi duelni o‘tkazish huquqini sotib olgan edi.

O‘z navbatida, Rio Olimpiadasi chempioni professional boksning birinchi o‘ta yengil vazn toifasida WBA International kamari sohibi Hasanboy Do‘smatov ham (3-0, 3KO) o‘zining navbatdagi jangini 28-avgust kuni Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazadi.

“Shamo Boxing” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomi Moskvadagi “Krilya Sovetov” arenasida bo‘lib o‘tadi. 8 raundga mo‘ljallangan qarama-qarshilikda Do‘smatovga kim raqiblik qilishi hozircha ma’lum emas. 

Eslatib o‘tish joiz, IBF va WBA kamarlari sohibi, 26 yoshli Murodjon Ahmadaliyev o‘zining oxirgi jangini shu yilning 3-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida sobiq chempion yaponiyalik Ryosuki Ivasaga qarshi o‘tkazib, beshinchi raundda g‘alaba qozongan edi. Xuddi shu kuni Hasanboy Do‘smatov Muhsin Kizotaga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini yenggan holda WBA International kamarini qo‘lga kiritgan edi.