Hayotingizni oʻzgalar boshqarayotganining 6 belgisi

  • 12:59 / 22.07.2021
  • 251

Oʻz fikrini aytishga qoʻrqadigan, odamlar ongida shakllanib qolgan tushunchalarga qarshi chiqa olmaydigan, marketingning koʻrinmas changaliga tushib qoladigan insonlar hayot davomida juda koʻp bor qoqiladilar. Hayotingizni begona insonlar boshqarishlariga yoʻl qoʻymang, umringizni nazorat qilish imkoniyatini begonalarning qoʻllariga topshirmang. Ushbu holatning qanday belgilari mavjud? Avvalo mana shuni aniqlab oling.

Sizga yoqmagan fikrga ham koʻnib ketaverasiz

Boshqalarga oʻz fikringizni aytishda juda qoʻrqasiz. Bu oʻrinda vaziyat qanday ekanligining hech qanday ahamiyati yoʻq. Inson oʻz fikri va qarashlarini himoya qila olishi kerak, hattoki bu fikrlar atrofdagi insonlarga notoʻgʻridek tuyulgan taqdirda ham.

Vaqtingizni oʻzingiz yoqtirmagan ishlarga sarf etasiz

Yoʻq, bu oʻrinda sizni gʻam-tashvishlar, masʼuliyat va javobgarlik hissi haqida unutib, faqatgina oʻyin-kulgi bilan yashashga undamoqchi emasmiz. Shunchaki oʻzingizga nisbatan toʻgʻrisoʻz boʻling. Mijozlar tomonidan hurmatsizlik qilingan, rahbariyat tomonidan haqorat yogʻdirib turilgan, ishingiz sizga shodlik keltirmaydigan holatda vaziyatni oʻzgartirishga harakat qiling.

Keraksiz narsalarga ham ega chiqishni istaysiz

Doimiy ravishda siz uchun keraksiz boʻlgan narsalarga ham ega chiqishni istaysiz. Aslida biror buyumni qoʻlga kiritishni istash — tabiiy holat. Ammo, kerakli vaqtda toʻxtashni ham bilishingiz shart.

Farmasevtik kompaniyalarga ishonasiz

Dorixonalar va farmatsevtik kompaniyalarning aksariyati salomatlik uchun emas, daromad uchun ishlaydi. Ozishga yordam beruvchi, koʻrish qobiliyatini qayta tiklovchi, yoshartiruvchi tabletka va shu kabi vositalarga ishonishdan hech qanday maʼno yoʻq ekanligini unutmang.

Targʻibot taʼsiriga osonlikcha tushib qolasiz

Sizga televizor orqali namoyish qilinayotgan narsalarning hammasi ham haqiqat emas. Hattoki bu yerda gap rasmiy telekanal yoki sevimli blogeringiz haqida ketayotgan boʻlsa ham.

Agar ushbu belgilar oʻzingizda mavjud ekanligini sezsangiz, hayotingizni oʻzgartirish haqida jiddiy oʻylab koʻrishingiz shart. Yoʻqsa, siz uchun begona odamlar fikrining asiriga aylanib qolaverasiz.