Hayotingizni yaxshi tomonga oʻzgartiruvchi 7 xobbi

  • 18:31 / 18.07.2021
  • 253

Xobbi – boʻsh vaqtingizni mazmunli oʻtkazishga yordam beruvchi mashgʻulot. U sizga kundalik tashvishlardan chalgʻishga koʻmaklashadi, ilhom bagʻishlaydi, miya faoliyatini ragʻbatlantiradi. Shaxsiy rivojlanishga turtki beruvchi xobbilar roʻyxati bilan tanishing va ulardan oʻzingizga mos boʻlganini tanlab oling.

Kitob oʻqish

Kitob mutolaa qilish eng foydali xobbi turlaridan biri hisoblanadi. Agar adabiyotlarni kerakli usulda saralay bilsangiz, dunyoqarashingizni kengaytirish bilan bir qatorda lugʻat boyligingizni ham oshirasiz.

Bogʻdorchilik

Toza havoda bogʻdorchilik bilan shugʻullanish siz uchun yengil badantarbiya vazifasini oʻtab beradi. Vaqtining asosiy qismini tomorqa yoki bogʻda oʻtkazuvchi insonlarda demensiya rivojlanishi xavfi nisbatan past boʻlishi isbotlangan.

Shaxmat

Boshqa hech bir qiziqarli mashgʻulot aqliy salohiyatni rivojlantirishga shaxmatchalik yordam bermasa kerak. Oʻyin vaqtida miyaning barcha qismlari birdek faol holatga keladi, mantiq va tasavvur uchun javob beruvchi sohalar ragʻbatlantiriladi. Shaxmat oʻyinlari bilan doimiy ravishda shugʻullanish xotirani rivojlantirishga yordam beradi.

Raqs

Raqsning biror bir uslubi bilan shugʻullanish orqali kundalik hayotingizga yorqinlik olib kirishingiz mumkin. U asab tizimini tinchlantirishi bilan birga gormonal salomatlikka ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Yoqimli musiqaga raqs tushayotgan vaqtingizda tanada serotonin gormoni shiddat bilan ishlab chiqariladi.

Toʻqish va qoʻl mehnati

Ishingizda sizni asabiy holatga tushiruvchi vazifalar koʻp boʻladimi? Unday boʻlsa zudlik bilan toʻqishni oʻrganing. Toʻqish – organizmga meditatsiya kabi taʼsir qiladi, diqqatni bir joyga jamlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Xorijiy til oʻrganish

Yangi til oʻrganish ham asablarga dam berishning ajoyib usullaridan yana biri. Mashgʻulotlar natijasini oradan bir necha hafta oʻtib oʻzingiz ham sezasiz. Xorijiy tilni oʻrganish jarayonida xotira yaxshilanadi, shu bilan birga dunyoning turli burchaklaridan tanishlar orttirish imkoniyati ham paydo boʻladi.

Blog yuritish

Blog yuritish kundalik hayotingizning ajralmas qismiga aylanishi mumkin. Bu hayollaringizni bir yerga jamlash, hayotga boshqa tomondan qarash imkoniyatini taqdim etadi. Sizning fikrlaringiz minglab odamlarga yoqishi mumkin. Buning ortidan esa mashhurlik va daromadga erishsa ham boʻladi.