Hayotingizni yengillashtiruvchi super layfxaklar

  • 16:41 / 11.06.2021
  • 132

Ushbu qiziqarli layfxaklar kundalik hayotingizni osonlashtirishga yordam beradi.

1. Qahvani maxsus qoliplar ichiga solib muzlatib qoʻying. Shoshib turgan vaqtingizda ichimlikni sovitish kerak boʻlib qolsa, juda qoʻl keladi.

2. Telefoningizning tezroq quvvat olishi uchun “Parvoz rejimi”ni yoqing. Ana shunda telefoningiz quvvati nisbatan tez toʻladi.

3. Ichimlikni muzlatkichga nam salfetkaga oʻralgan holatda joylashtirsangiz, u sanoqli daqiqalar ichida soviydi.

4. Brauzerni tasodifan yopib yubordingizmi? CTRL+SHIFT+T tugmalari uni barcha oynalari bilan qaytadan ochib beradi.

5. Polga tasodifan tirnoq boʻyogʻini toʻkib yuborsangiz, uning ustiga darhol shakar sepib qoʻying. Qarabsizki, oradan bir necha daqiqa oʻtib boʻyoqni osonlikcha tozalab olasiz.

6. Farzandlaringiz zararli mahsulotlarni emas, tabiiy mevalarni ermak qilishlarini istasangiz, ularni oz-ozdan toʻgʻrab, qolip ichiga solib bering.

7. Qaynayotgan sut toshib, plitaga toʻkilmasligi uchun idish ustiga yogʻoch kapgir joylashtirib qoʻying.