Hech kimga virus men orqali yuqmaydi – Alisher Qodirov

  • 14:55 / 19.07.2021
  • 97

Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari davlat va jamoat faollari o‘rtasida ommalashayotgan “Men vaksina oldim” aksiyasida ishtirok etib, ZF-UZVAC-2021 vaksinasining ikkinchi dozasini qabul qilganini e’lon qildi.

U vaksina olishning foydalari haqida yozib, jumladan, koronavirusga qarshi emlanmaganlarni “virus tarqatuvchi” ekanligini ta’kidlaydi.

“Emlanmaganlar o‘z sog‘ligini xavfga qo‘yish bilan bir qatorda virus tarqatuvchi hamdir.
20 kundan keyin, kamida 2 yil davomida hech kimga virus men orqali yuqmaydi. Bu meni xotirjam qilmoqda...

Hozirgi sharoitda vaksina o‘zimizni va boshqalarni himoya qilish uchun yagona chora”, – deydi partiya lideri.