Hindistonda karantin muddati uzaytirildi

  • 07:59 / 02.05.2021
  • 139

Dehli shahri rasmiylari koronavirusga chalinganlar sonining keskin oshishi tufayli karantin muddatini ikkinchi bor uzaytirish qaroriga keldilar.

Hindistonda fevral oyi oʻrtalaridan boshlab koronavirusga chalinganlar soni shiddat bilan oʻsmoqda. Ayni vaqtda 3,2 million nafar fuqaro kasallikka chalinib boʻlgan. Dehlida bir sutka davomida 400 mingta yangi virus tashuvchisi aniqlangan.

Hukumat vakillari karantin muddatini 19-aprelga qadar uzaytirdilar. Bu vaqt mobaynida barcha xususiy tashkilotlar ishi masofaviy shaklda davom ettiriladi, restoranlar, buyum doʻkonlari, savdo markazlari yopiq boʻladi.

Ayni vaqtda Dehli shahrida komendantlik soati joriy qilingan va fuqarolarga soat 22:00 dan 05:00 gacha koʻchaga chiqish taqiqlangan.