Hokimlar faoliyatini maktablar reytingi orqali baholash yo‘lga qo‘yiladi

  • 15:05 / 05.06.2021
  • 283

 
Joriy yil 3-iyun kuni Hukumatning tegishli qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizomga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingi orqali baholash mezonlari va hisoblash metodikasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra mazkur jarayonda quyidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratiladi:

– 11-sinf bitiruvchilari tomonidan OTMlarga kirishda to‘plagan ballari; 
– OTMga o‘qishga kirganlar salmog‘i;
– o‘quvchi va o‘qituvchilarning chet tillarini bilish darajasi; 
–11-sinf bitiruvchilarining bandligi;
– o‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar ulushi (Bosh prokuratura ma’lumoti asosida);
– pedagoglarning sifati (salohiyati); 
– Maktablar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman (shahar) mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha harajatlar hajmi (Moliya vazirligi ma’lumoti asosida) ;
– ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv tarbiyaviy muhit (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.