Holand Runi, EtoʻO va Fernando Torresni ortda qoldirdi

  • 21:57 / 08.09.2021
  • 94

Norvegiyalik hujumchi bir koʻrsatkich boʻyicha taniqli sobiq futbolchilardan oʻzib ketdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holand 2022-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida kecha boʻlib oʻtgan Norvegiya — Gibraltar uchrashuvida (5:1) xet-trik qayd etdi.

21 yoshli hujumchi uchun bu xet-trik uning faoliyatidagi oʻn birinchisi boʻldi. Holand ushbu koʻrsatkich bilan “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi (10)ni ortda qoldirdi.

Qolaversa, norvegiyalik iqtidor egasi “Barselona” va “Inter”ning sobiq hujumchisi Samuel EtoʻO (9) hamda “Atletiko Madrid”, “Liverpul” va “Chelsi”ning sobiq hujumchisi Fernando Torres (8) dan koʻra koʻproq xet-trikka ega futbolchiga aylandi.

Qayd etish mumkin, mazkur statistika boʻyicha yetakchi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanib, uning hisobida 57 ta xet-trik mavjud. Ikkinchi oʻrindan PSJ hujumchisi Lionel Messi (54), uchinchi oʻrinda – “Atletiko Madrid” hujumchisi Luis Suares (29) lar joy olishgan.