Ibrahimovich “Liverpul”ga qarshi oʻyinda ishtirok etadimi? “Milan” bosh murabbiyi javob berdi

  • 20:16 / 14.09.2021
  • 47

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli, hujumchi Zlatan Ibrahimovich Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turida “Liverpul”ga qarshi oʻyinda jarohati tufayli maydonga tushmasligini tasdiqladi.

“Zlatan oʻyinni boshlangʻich tarkibda boshlagan boʻlardi, lekin…”, — dedi mutaxassis.

“Albatta, Zlatan oʻyinni boshlangʻich tarkibda boshlagan boʻlardi, lekin unda jarohatning jiddiylashuvi kuzatilsa, u keyingi toʻrt oyni oʻtkazib yuborishi mumkin.

Tavakkal qilish befoyda, chunki oldinda hali koʻp oʻyinlar bor. Men Rebich va Jiru oʻrtasida tanlov qilaman. Ibrahimovich bu oʻyinni oʻtkazib yuborishidan afsusdaman, lekin tez orada u yana safga qaytadi”, — deya Piolining soʻzlarini keltirgan Football Italia.

Eslatib oʻtish mumkin, A Seriyaning soʻnggi turida Ibrahimovich may oyidan buyon birinchi marta maydonga tushdi. U 61-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshilib, 67-daqiqada gol urdi.