Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

  • 09:49 / 22.07.2021
  • 108

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani IIB hamda Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani IIBga lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra:

podpolkovnik
Jaloldinov Rustam Zuxurdinovich


Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar R.Jaloldinov shu yerning o‘zida IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

mayor
Vafayev Farxod Axatovich


Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar F.Vafayev Kogon tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.