IIV Akademiyasining Nukus filialiga yangi boshliq tayinlandi

  • 15:05 / 03.09.2021
  • 233

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Unga ko‘ra:

– polkovnik Nigmatov Ruftullo Olimdjonovich IIV Akademiyasi boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar R.Nigmatov O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

– polkovnik Kamalov Oybek Axmatovich IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Akademiyaning Nukus filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O.Kamalov IIV Akademiyasi Sirtqi ta’lim fakulteti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

– podpolkovnik Davranov Xusniddin Baxranovich IIV Akademiyasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar X.Davranov IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti, kadrlar faoliyatini nazorat etish boshqarmasi, markaziy apparat kadrlar faoliyatini nazorat etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.