“Ijro organi hech qachon o‘z aybini o‘zi aytmaydi” – Tanzila Narbayeva

  • 16:46 / 03.07.2021
  • 272

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva jurnalistlar bilan uchrashuvda davlat idoralarining ochiqligi hanuzgacha muammoli masalalardan biri ekanini ta’kidlab, buni hal qilish maqsadida yangi qo‘mita tashkil etilganini ma’lum qildi.

– U axborot siyosati va davlat idoralarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadigan parlament qo‘mitasi bo‘ladi. Ijro organi o‘zi qilaversa bo‘ladi-ku, deb aytishingiz mumkin. Lekin, ijro organi hech qachon o‘z aybini o‘zi aytmaydi. Shuning uchun, parlament nazorati organi sifatida shu qo‘mita tashkil qilindi, – dedi Senat raisi.

Shuningdek, u davlat idoralari hali 100 foiz ochilmaganini ham qo‘shimcha qildi: 

– OAV vakillari ko‘tarib chiqadigan qandaydir dolzarb voqealar bo‘yicha darhol munosabat bildirish, joyiga chiqib o‘rganib, uni hal qilish, agar noto‘g‘ri ma’lumot bo‘lsa, uni ham asoslab aytib berish bo‘yicha hali ishlarimiz talab darajasida emas.