Ikki qit’a chempionlari o‘zaro o‘yin o‘tkazishlari mumkin 

  • 15:56 / 13.07.2021
  • 198

KONMEBOL UEFAni Argentina va Italiya uchrashuvini o‘tkazishga taklif qilmoqda. 

Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (KONMEBOL) UEFAni Argentina va Italiya terma jamoalari o‘rtasida o‘yin o‘tkazishga taklif qildi. Bu haqda TyC Sports jurnalisti Sezar Luis Merlot. xabar qildi.

Bir necha kun oldin Argentina Braziliyani mag‘lub etib (1:0), Amerika kubogini qo‘lga kiritdi Italiya esa Yevropa chempionati finalida mezbon Angliyani yengib, chempionga yalandi. KONMEBOL bunday uchrashuv “chempionlar dueliga” aylanadi deb hisoblaydi.

Taqvimdagi muammolar tufayli 2021-yilda bunday uchrashuvni o‘tkazish juda qiyin. Shu sababli o‘yin 2022-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 1985 va 1993-yillarda ushbu ikki qit’a chempionlari o‘rtasida Artemio Franki kubogi bahsi bo‘lib o‘tgan. 

Unda dastlab, 1985-yilda Fransiya Urugvayni 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Keyingi, 1993-yildagi  qarama-qarshilikda esa Argentina Daniya ustidan penaltilar seriyasi orqali zafar quchgan.