Ikkinchi Jahon urushi boshlangan kun nemislar uchun sharmandalik – Merkel

  • 17:34 / 19.06.2021
  • 583

Germaniya kansleri Angela Merkel fashistlar SSSRga hujum qilgan 22-iyun kunini nemis xalqi uchun sharmandalik deb atadi. Uning so‘zlari Germaniya hukumati saytida keltirilgan.

Rossiya, Ukraina, Belorussiya va boshqa Sovet respublikalarida millionlab begunoh odamlar qirilib ketgan, deb esladi kansler. U Germaniya o‘sha davrdagi jinoyatlar uchun javobgar ekanligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Merkel sobiq Sovet Ittifoqi xalqlariga urush dahshatlariga qaramay Germaniyaga do‘stlik qo‘lini cho‘zganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan.