Immunitet nima sababdan pasayib ketadi va uni qanday koʻtarish kerak?

  • 16:03 / 16.06.2021
  • 250

Immunitet – organizmning tabiiy himoyalanish xususiyati boʻlib, u tanaga tushgan begona bakteriyalar hamda viruslarni zudlik bilan aniqlaydi va ularga qarshi kurashadi. Yaxshi immunitet – salomatlik tirgagi hisoblanadi. Tabiiy yoki tugʻma immunitet turli kasalliklarga chalinish oqibatida paydo boʻladi va avloddan avlodga oʻtadi. Sunʼiy immunitet esa antitanachalar hamda vaksinalar yordamida hosil qilinadi.

 

Immunitet pasayishining asosiy sabablari:

• Doimiy stress va depressiya

• Aqliy va jismoniy toliqish

• Uyqu yetishmasligi

• Jarrohlik muolajalari va kimyoviy terapiya

• Uzoq vaqt davomida antibiotik va boshqa dori vositalarini qabul qilish

• Spirtli ichimliklar isteʼmol qilish, zararli odatlar

• Toʻyib va notoʻgʻri ovqatlanish (yogʻ, shakar, zararli mahsulotlarni koʻp miqdorda isteʼmol qilish)

• Kun davomida oʻtirib ishlash

• Homiladorlik

 

Asosiy belgilari qanday?

• Tez-tez shamollash

• Tez charchab qolish, ishga layoqatsizlik, xotiraning yomonlashishi

• Kun tartibi oʻzgarmagan holatda hayotiy shijoatning tushib ketishi

• Kayfiyatning tez-tez oʻzgarishi

• Kun davomidagi uyquchanlik

• Keskin ozib ketish, koʻz ostida qora halqalar paydo boʻlishi, sochlar va tirnoqlar holatining yomonlashishi

 

Immunitetni uy sharoitida qanday koʻtarish mumkin?

• Tanani chiniqtirish

• Jismoniy faollik

• Toʻlaqonli uyqu

• Stressdan uzoq boʻlish

• Zararli odatlardan voz kechish

• Quvnoq kayfiyat

Shuningdek, immunitetni koʻtarish uchun taomnoma asosini tabiiy mahsulotlar tashkil qilishi kerak. Shifokor tavsiyasiga koʻra vitaminlar qabul qilish ham juda yaxshi natija beradi.