Instagram kompyuterdan rasm joylashtirishga ruxsat berishi mumkin

  • 15:38 / 17.05.2021
  • 94

Sir emas Instagram ijtimoiy tarmog‘ining veb-versiyasi ham mavjud. Ammo u mobil versiyadan ancha farq qiladi. Kompyuter brauzeri orqali Instagram sahifangizga kirsangiz siz nafaqat rasm, hatto yangilik ham joylashtira olmaysiz. 

Millionlab Instagram foydalanuvchilarning istagini inobatga olgan holda, Instagram dasturchilari veb-versiya uchun qulaylik yaratishga qaror qilishdi.

Dasturchi Alessandro Polluchining “Twitter”ga joylagan rasmiga ko‘ra, Instagramga fotosuratlar yoki videolarni kompyuterdan joylash mumkin bo‘ladi.  

Instagram’ning veb-versiyasida qachon bunday imkoniyat paydo bo‘lishi hozircha noma’lum.