Instagram va Facebook barcha foydalanuvchilarga like'lar sonini yashirish imkoniyatini berdi

  • 15:58 / 07.06.2021
  • 97

Nihoyat barcha foydalanuvchilarga like'lar taymerini yashirish imkoniyati yaratiladi. Bu Facebook va Instagram foydalanuvchilari uchun ham taqdim etilmoqda.

Ushbu tajriba Instagram'da boshlanganiga ikki yil bo‘ldi. Facebook ham ushbu funksiyani o‘z rejalari qatoridan chiqarmagan. Bu funksiya foydalanuvchilarning ruhiy salomatligini yaxshilash uchun qilinayotgani aytilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi postlarida kam like'lar yig‘gan foydalanuvchilar ruhan tushkun ahvolga tushib qolishadi. Bunga sabab o‘zlarining sahifalaridagi like'lar sonini yon aftordagi do‘stlari bilan taqqoslaganda kam bo‘lib chiqishi hisoblanadi. 

Foydalanuvchi nafaqat o‘zining, balki boshqalarning ham postlaridagi like'lar sonini ko‘rinmaydigan qilib qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.