Instagram’ga video yuklay olmayapman. Nima qilish kerak?

  • 07:43 / 06.08.2021
  • 315

Agar video tanlab, Instagram akkauntingizda joylash uchun kerakli tugmalarni qayta-qayta bossangiz ham xatolik yuz berayotgan bo‘lsa, siz yolg‘iz emassiz.


Quyidagi sabablarga ko‘ra, siz tanlagan video Instagram’ga yuklanmayotgan bo‘lishi mumkin:
–  Internet tezligingiz juda past;
–  Instagram akkauntingiz bloklangan bo‘lishi mumkin;
–  Videoda Instagram shartlarini buzadigan tasvirlar bor;
–  Videoning formati Instagram’ga mos emas.


Qanday hal qilsa bo‘ladi?
1.  Internetni o‘chirib, yoqing.
2.  Akkauntingizdan chiqib, qayta kiring.
Buning uchun:
–  Akkauntingizga kiring;
–  Pastda o‘ng burchakdagi profil rasmingiz ustiga bosing;
–  O‘ng tarafdagi yuqori burchakda joylashgan uchta chiziqli ikonkani bosing;
–  Sozlamalar (Setting, Настройки) bo‘limini bosing;
–  Pastga surib, Chiqib ketish (Log out, Выйти) buyrug‘ini tanlang;
–  Buyruqni tasdiqlang.


Endi ekraningizda akkauntga kirish sahifasi paydo bo‘ladi. Username va parolinigzni kiritib, akkauntingizga kiring va videoni yuklang.


3.  Telefoningizni qayta yuklang. Bunda siz fonda ishlayotgan barcha ilovalarni to‘xtatib, ma’lumotlar va sozlamalarni yangilab olasiz. Buning uchun telefoningizni o‘chiradigan Power tugmasini bosib turing, keyin ekranda paydo bo‘lgan opsiyalardan Restart/Перезагрузка’ni bosasiz. Qayta yonganidan keyin Instagram’ga kirib, videoni yuklayvering.

4.  Instagram ilovasi keshini tozalang.
Instagram qurilmangizda turli keshlarni yaratishi mumkin. Bu keshlar esa ba’zida ilovaning to‘g‘ri ishlashiga halal beradi. Shuning uchun keshni tozalash video yuklay olishingizga yordam berishi mumkin. Buning uchun, quyidagi ketma-ketlikka amal qiling: Sozlamalar (Settings) > Ilovalar (Apps) > Instagram > Keshni tozalash (Clear Caches). Keshni tozalash opsiyasini tanlang va qurilmangizni optimallashtiring.
Agar iPhone ishlatsangiz, Instagram ilovasini telefoningizdan o‘chirib tashlab, qayta o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi. Unda Clear Cache funksiyasi yo‘q.


5.  Instagram ilovasini qayta o‘rnating. 
Ilovaning hozirgi versiyasidagi bag yoki boshqa muammo video yuklashingizga halal qilayotgan bo‘lishi mumkin. Yangisiga almashtirish uchun mazkur ilovani o‘chirib, qayta o‘rnatishingiz kerak. Buning uchun, Sozlamalar (Settings)>  Ilovalar (Apps) > Instagram > O‘chirish (Uninstall) ketma-ketligi bo‘yicha amallarni bajaring. Shundan soShundan so‘ng Google Play Store yoki App Store’ga kirib, Instagram’ning eng so‘nggi versiyasini yuklab oling.


6.  Video formatini o‘zgartiring.
Video yuklashdan avval uning parametrlariga qarang:
Format: H.264 codec/ MP4
Rezolyutsiya (Resolution): maskimum kengligi 1080 piksel
Kadr almashish tezligi (Frame Rate): sekundiga 29.96 
Bit Rate: 3 500 kbps 
Audio codec: AAC audio codec at 44.1 kHz MOV
Davomiyligi: 3-60 soniya.

Siz yuklamoqchi bo‘lgan video yuqoridagi parametrlarga mos bo‘lmasa, unda uning formatini almashtiring. Buning uchun video va fotoni ijtimoiy tarmoqlarga moslab beradigan ko‘plab ilovalar bor. Ularning biridan foydalanib, videoingiz hajmi va o‘lchamini o‘zgartirib, galereyaga saqlang. Keyin Instagram’ga yuklashga urinib ko‘ring. BUnday ilovalardan eng ommabopi Canva.


7.  Creator Studio’dan foydalaning.
Agar noutbuk yoki statsionar kompyuteringiz bo‘lsa, ularning yordamida video yuklashingiz mumkin. Ammo Creator Studio bilan storis qo‘ya olmaysiz, faqat yangiliklar lentangizga video yoki IGTV post qilishingiz mumkin. Buning uchun,
-  Creator Studio saytiga kiring;
-  Instagram akkauntingiz yordamida ro‘yxatdan o‘ting;
-  Menyuga akkauntingizni qo‘shing;
-  Yuqoridagi chap burchakda joylashgan ko‘k tugmani bosing;
-  Videoni yuklang va so‘zlarini yozing;
-  Pastda o‘ng burchakdagi Publish opsiyasini bosing.