Investitsiya fondlari “Barselona”ga supertransferni amalga oshirishga yordam berishi mumkin

  • 17:35 / 12.10.2021
  • 111

“Barselona” Dortmundning “Borussiya” klubi norvegiyalik hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirishda davom etmoqda, chunki klub jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Sport nashrining yozishicha, “koʻk-anorranglilar” rahbariyati yozda yosh hujumchini sotib olmoqchi.

Manbaga koʻra, bu yil Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta norvegiyalikning otasi hamda agenti bilan uchrashgan.

Qayd etilishicha, Kataloniya klubida bir nechta sarmoyaviy fondlarning takliflari bor va ular klubga Xoland bilan shartnoma imzolashda yordam berishga tayyorligini koʻrsatgan.

Biroq, norvegiyalik hujumchining ish haqi boʻyicha yuqori talablari “Barselona” uchun jiddiy toʻsiq boʻlib qolishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Erling Xoland joriy mavsum barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol hamda 4 ta assistning muallifiga aylangan.