iPhone 13 Pro’ning suratlari namoyish qilindi

  • 11:52 / 25.05.2021
  • 209

iPhone 13 Pro’ning yakuniy versiyasining suratlari va texnik tavsifi e’lon qilindi. Yangi iPhone’ning taqdimoti sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi. 

iPhone X va undan keyingi modellardagi uchraydigan displey hoshiyasi Apple smartfonlarida to‘rt yildan beri o‘zgarmadi. Apple muhandislari old kamera modulini kichraytirish orqali  hoshiyaning hajmini ham o‘zgartira olishdi.

Smartfonning asosiy kamerasi uchta sensorga ega bo‘ladi. Shuning evaziga kamera hajmi bir muncha kattalashgan. Unga 12 megapikselli kamera moduli hamda uzoqni o‘lchovchi lazer o‘rnatilgan.

iPhone 13 Pro’ga 2-avlod 5-nmli Apple A15 protsessori o‘rnatilishi mumkin. Qurilmada mobil hamda internet aloqani Qualcomm Snapdragon X60 5G ta’minlab beradi. 

Yangi “olmali” gadjet Samsung’ning 120 gertsli ekrani bilan jihozlanadi. Bundan tashqari smartfon 1 TB doimiy flesh xotiraga ega bo‘ladi.