IPhone 13'ning asosiy jihatlari ma’lum qilindi

  • 17:58 / 08.06.2021
  • 259

Keyingi Apple smartfoni rekord darajadagi xotira hajmiga ega bo‘ladi. Bu haqda BGR nashri xabariga tayanib "Lenta" xabar bermoqda.

Jurnalistlar Wedbush tahlilchisi Daniel Ivesning so‘zlariga tayanib, iPhone 13 smartfonlarining xotira sig‘imi 1 terabayt bo‘ladi, deya ta’kidlashyapti.

Ma’lumot uchun, Ives yangi iPhone’larning navbatdagi asosiy xususiyati lidar kamera bo‘lishini aytgan, uni seriyadagi barcha qurilmalar ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Lidar kamera yordamida jismlarning 3D tasvirini yaratish imkoni ham bor.

Bundan tashqari, mutaxassis 2022-yil yozida Apple aqlli ko‘zoynaklar taqdim etishini aytib o‘tdi. 2024-yilda kompaniya haydovchisiz elektromobil – "Apple Car" loyihasini taqdim etmoqchi.