Ish pishdi: Varan Manchester klubi safiga o‘tishga yaqin. “Real” u uchun 58 million yevro oladi

  • 17:09 / 17.07.2021
  • 88

Futbolchi yangi klubida “Real”dagiga nisbatan ko‘proq maosh oladi

“Real Madrid” va “Manchester Yunayted” himoyachi Rafael Varan transferi borasida kelishib oldilar.

Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan Madrd klubi fransuz himoyachisi uchun 58 million yevro oladi. Qayd etilishicha, “qizil iblislar” 28 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. 

Fransiyalik himoyachining ish haqi esa yiliga 12 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda. Avvalroq, Madridning “Real” klubi Varanga 7 million yevrolik, 4 yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan edi.

Ma’lumot uchun, “Qirollik klubi”da 10 yildan buyon harakat qilib kelayotgan Varan jamoa bilan 18ta sovrin qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsumda fransuz La Ligada 31 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.