Issiq yoz kechalarida uxlashga qiynalasizmi? Yordam beruvchi 10 usul

  • 16:44 / 20.07.2021
  • 281

Yoz dam olish va zavqqa toʻla fasl boʻlsa-da, jazirama oʻzi bilan bir qancha muammolarni ham olib keladi. Yostiqqa bosh qoʻyishi bilan uyquga ketadigan kishilar ham yozda uyqusizlikdan qiynalishi mumkin. Bu esa odamni asabiy va horgʻin qiladi. Quyida ushbu muammoni hal qilishda yordam beruvchi tavsiyalarni taqdim etamiz.

 1. Kechqurun jismoniy mashqlar qilmang
Jismoniy mashqlar tana haroratini oshiradi, bu esa issiy yoz kechalarida uyquga ketishda eng halal beradigan holat. Shuning uchun, kechqurun ishdan qaytganda sport bilan shugʻullangandan koʻra, jismoniy mashqlarni ertalab bajaring – bu metabolizmni kun davomida ishga tushiradi va kechqurun oʻzingizni uyquga tayyor his qilasiz.

 2. Ventilyatordan foydalaning
Krovatingizga yaqin joyga ventilyatorni oʻrnating, ammo shamollashingizga sabab boʻladigan darajada haddan ziyod yaqin turmasin. Bu tavsiya faqat katta yoshli kishilarga tegishli, bolalarning yotogʻi yaqiniga ventilyator qoʻymagan maqul.

 3. Paxta matoli choyshablar ishlating
Issiq yoz kechalarida och rangli paxta matolardan qilingan choyshablar uyqungiz sifatini yaxshilashda yordam beradi. Ushbu mato havo oʻtkazish xususiyatiga ega, shuning uchun ham teriga tunda salqinlik beradi, shuningdek, terni yutadi.

 4. Sovuq dushdan voz keching
Uyqudan oldingi sovuq dush yoki vanna qisqa vaqtga sovutishi mumkin, ammo keyinroq tana haroratini koʻtaradi. Shuning uchun oyoqlaringizning quyi qismini sovuq suvga tutib turish, dushning esa iliq boʻlishi tavsiya qilinadi.

 5. Mos kiyimda uxlang
Hech qanday sentetika kiymang! Teringiz nafas olishiga yordam beradigan paxta matoli yengil va yupqa uyqu kiyimini tanlaganingiz maqul.

 6. Kunduzi koʻproq yorugʻlik, tunda kamroq yorugʻlik
Tanangiz buning uchun minnatdorchilik bildirishi tayin, chunki kunduzi qanchalik koʻp yorugʻlik qabul qilsangiz, kechqurun tanangizning yorugʻlikka ta’sirchqnligi shuncha kamroq boʻladi. Uyquga yotganingizda xonangiz juda qorongʻu boʻlishi lozim. Barcha yorugʻ manbalaridan xalos boʻling. Bu gadjetlarning ekranlariga ham tegishli. 

 7. Kiyimsiz yoting
Kechqurun kiyimsiz uxlash tana haroratini pasaytiradi, bu nafaqat yaxshi uyquni ta’minlaydi, balki tunda uygʻonmasligingizga yordam beradi. Yana bir qoʻshimcha foydasi: tana pastroq haroratda boʻlganda, metabolizm tezlashadi va uyqu davomida kaloriya sarfi oshishi ozishga xizmat qiladi.

 8. Issiq choy iching
Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, issiq ichimliklar boshida sizni isitsa-da, keyinroq organizmingiz koʻproq terlashiga yordam beradi, teri yuzasidan issiqlik ajralib chiqadi hamda organizmdagi umumiy issiqlik zaxirasini kamaytiradi. Shunday ekan, kelasi safar uxlolmay qiynalganingizda, choy damlab iching.

 9. Choyshablarni muzlatgichga solib qoʻying
Hazillashmayapmiz! Original va ish beradigan usul. Choyshablarni taxlang, paketga soling va uyqudan bir soat oldin muzlatgichga soling. Ular sizni uzoq vaqt sovutadi, xotirjam va shirin uxlashingizni ta’minlaydi.