Istanbulda shaxsi noma’lum kishi vafot etdi. U o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin

  • 14:30 / 25.03.2021
  • 155

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligiga joriy yil mart oyida yuborilgan faksogrammada 2020-yil oktyabr oyi boshlarida kuchli zaharlanish oqibatida hushini yo‘qotgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va mobil telefoniga ega bo‘lmagan shaxs Istanbul shahridagi “Göztepe prof. dr. Süleyman Yalçın şehir hastanesi”ga yotqizilgani, keyinchalik “Cinar 2 Bakım Merkezi”ga ko‘chirilgani ma’lum qilingan. 

U ahvoli biroz yaxshilangan vaqtda o‘zini 1987-yilda tug‘ilgan “Said Nomatov” deb aytgan. 
Ammo hozirgi vaqtga qadar uning shaxsi va qaysi davlat fuqarosi ekaniga oydinlik kiritishning imkoni bo‘lmagan. 
U 23-mart kuni “Cinar 2 Bakım Merkezi”da vafot etgan. 
 
Konsullik ushbu shaxsni taniganlardan Istanbuldagi Bosh konsulxonaga yoki Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Istanbuldagi vakiliga  +90 (212) 3232037 raqami orqali murojaat qilishlarini so‘ramoqda.