Italiya chempionati: Shomurodov maydonga tushdi, faqat 5 daqiqaga

  • 09:27 / 24.09.2021
  • 102

Kecha futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasida 5-tur bahslariga yakun yasaldi. Har safargidek, yurtdoshlarimizning nigohi Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Roma” jamoasiga qaratildi. Rimliklar o‘z maydonlarida “Udinize”ni qabul qildilar va Abraxamning yagona goli evaziga zafar quchdilar.
Shomurodov 86-daqiqada aynan Abraxamning o‘rniga maydonga tushdi. Lekin u tushishidan ko‘p o‘tmasdan jamoadoshi Pelligrini hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan “siylandi” va maydondan chetlashtirildi. So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubormaslik uchun “Roma” himoyaga o‘tib oldi va hamyurtimiz hujumda o‘zini ko‘rsatishga imkon qolmadi.

"Roma" – "Udineze" - 1:0
 23 sentyabr, 23.45, «Stadio Olimpiko»
Gol: 1:0 – 36 Abraxam.

"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Kalafьori (Smolling, 69), Mxitaryan, Veretu, Kristante, Pellegrini, Dzanolo (El-Shaaravi, 74), Abraxam (Shomurodov, 86).

"Udineze" – Silvestri, Molina (Soppi, 62), Nyuytink (Samardjich, 79), Samir, Rodrigo Bekao, Udodji (Larsen, 79), Pereyra, Uolas, Makengo (Arslan, 85), Pussetto (Betu, 62), Deulofeu.

Ogohlantirishlar: Uolas (32), Pellegrini (56), Kristante (65), Kalafьori (66).
Chetlatish: 90' Pellegrini

Bu g‘alaba “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino uchun ikki tomonlama yoqimli bo‘ldi. U A Seriyada o‘z maydonida ketma-ket 41 ta o‘yindan beri yutqazmayapti va bu boradagi rekordni takrorladi. Bu uch ochkolik davr boshlanganidan buyon (1994/95 yilgi mavsum) maksimal ko‘rsatkich hisoblanada. Joze "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining rekordini takrorladi. U 2015-2017 yillar davomida o‘z maydonida kechgan bahslarda yutqazmagan. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik murabbiy 2008-2010 yillar davomida "Inter"ni boshqargan.

Bevosita 5-tur bahslariga to‘xtalsak, unda “Napoli” yana yirik hisobda g‘alaba qozondi va musobaqa jadvalida karvonboshilikni hech kimga bermayapti. Bu safar neapolliklar Genuyada maydon egalarini tor-mor qilishdi. Spaletti shogirdlari ketma-ket beshinchi o‘rinda zafar quchishdi va 15 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turishibdi. Milanning ikki jamoasi hisobida 13 tadan ochko bor.

A Seriya, 5-tur

“Bolonya” – “Jenoa” - 2:2 (0:0)
Gollar: Xiki, 49 (1:0). Destro, 55 (1:1). Arnautovich, 85 - penalti (2:1). Krishito, 89 - penalti (2:2).

“Atalanta” – “Sassuolo” - 2:1 (2:1)
Gollar:  Gosens, 3 (1:0). Zappakosta, 37 (2:0). Berardi, 44 (2:1).

“Fiorentina” – “Inter” - 1:3 (1:0)
 Gollar: Sottil, 23 (1:0). Darmian, 52 (1:1). Jeko, 55 (1:2). Perishich, 87 (1:3).

“Salernitana” – “Verona” - 2:2 (1:2)
Gollar: Kalinich, 7 (0:1). Kalinich, 29 (0:2). Gondo, 45+2 (1:2). Kulibali, 76 (2:2).

“Spesiya” – “Yuventus” - 2:3 (1:1)
Gollar: Ken, 28 (0:1). Gьyasi, 33 (1:1). Antist, 49 (2:1). Kьyeza, 66 (2:2). de Ligt, 72 (2:3).

“Kalyari” – “Empoli” - 0:2 (0:1)
 Gollar: Di Franchesko, 29 (0:1). Stulach, 69 (0:2).

“Milan” – “Venesiya” - 2:0 (0:0)
 Gollar: Dias, 68 (1:0). Ernandes, 82 (2:0).

“Sampdoriya” – “Napoli” - 0:4 (0:2)
Gollar: Osimxen, 10 (0:1). Ruis, 39 (0:2). Osimxen, 50 (0:3). Zelinski, 59 (0:4).

“Torino” – “Lasio” - 1:1 (0:0)
Gollar: Pyasa, 76 (1:0). Immobile, 90+1 - s penalti (1:1).

Italiya chempionatiga sayohatimizni xushxabar bilan yakunlaymiz. Italiya hukumati stadionlarga kirish bo‘yicha cheklovlarni yumshatmoqda. Endilikda mamlakatdagi stadionlarni 75 foizgacha muxlislar bilan to‘ldirishga ruxsat beriladi. Oktyabr oyi oxiriga borib o‘yinlarga muxlislar to‘liq kiritilishi mumkin. Bungacha stadionlarning faqatgina 50 foizi to‘lishiga ruxsat berilayotgandi.