Italiyada 70 yil avval gʻoyib boʻlgan qishloq tasodifan topib olindi (foto)

  • 08:13 / 19.05.2021
  • 168

Italiyada suv omborini taʼmirlash ishlari jarayonida bundan 71 yil avval Lago-di-Reziya koʻlida choʻkib ketgan va gʻoyib boʻlgan Kuron qishlogʻi topib olindi.

Kuron 1950-yilda, mahalliy hukumat vakillari mazkur hududda gidroelektrostansiya qurmoqchi boʻlgan vaqtlarida choʻkib ketgandi. Oʻsha vaqtlarda qishloqdagi 160 ta uy “gʻoyib boʻlgan”, aholi esa qoʻshni qishloqlarga borib oʻrnashgan. Ularning ayrimlari hosil qilingan koʻl sohilidagi yangi aholi punktiga koʻchib oʻtganlar.

Ayni vaqtda Reziya koʻli sayyohlar orasidagi eng mashhur joylardan biri sanaladi. Yoz faslida bu yerdagi tabiat manzarasidan bahramand boʻlish, qishda esa muz ustida istalgancha changʻi uchish mumkin.