ITB elektron to‘lov platformasini ishga tushirdi 

  • 21:23 / 03.09.2021
  • 216

Islom taraqqiyot banki (ITB) O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tayotgan muhim darajadagi tegishli tadbirda moliyaviy samaradorlikni oshirish bo‘yicha o‘zining vazifalariga qo‘shimcha ravishda yangi raqamli platformani ishga tushirdi. 

Qayd etilishicha, pul mablag‘lari to‘lovini tezlashtirish uchun raqamli platforma bank operasiyalarining samaradorligini oshiradi va ishbilarmonlik munosabatlarini amalga oshirishni soddalashtiradi. 

Shuningdek, tadbirda chiqish qilar ekan, Indoneziya elchisi a’zo mamlakatlar farovonligi uchun mo‘ljallangan loyihani o‘z vaqtida amalga oshirishga yo‘naltirilgan strategik qadam bilan Bankni tabrikladi.

Mazkur elektron platforma foydalanuvchilarga real vaqt rejimida to‘lov talabnomalarining maqomini kuzatib borish va xavfsizlikni ta’minlovchi shart-sharoitlarda pul mablag‘lari to‘lovi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun loyihaviy guruhlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilishga imkon beradi.

Yangi platforma ko‘rsatilgan muddatda Toshkentda o‘tayotgan 2021-yildagi ITB guruhining joriy yillik yig‘ilishi chog‘ida ishga tushirildi. Islom taraqqiyot bankining moliya bo‘yicha vitse-prezidenti va moliyaviy direktori d-r Zamir Iqbol, a’zo mamlakatlar "ushbu yangi tizimning xususiyatlaridan hamda rivojlanish sohasidagi maqsadlarimizga yetishda samaradorlikni oshiruvchi tartib-taomildan" manfaat olishlarini ta’kidladi.   

Platforma jahon toifasidagi texnologiyalardan foydalanib ishlab chiqilgan hamda mobil qurilmalarda aks ettirishga moslashtirilgan. U, shuningdek, har qanday qo‘lda bajariladigan jarayon uchun xos bo‘lgan boshqaruvdagi nuqsonlarni bartaraf qilish uchun xizmat qiladi.