Jamoat joylarda ibodat libosida yurganlik uchun javobgarlik bekor qilinishi mumkin

  • 12:09 / 06.05.2021
  • 164

Jamoat joyida ibodat libosida yurganlik uchun javobgarlik bekor qilinishi mumkin. Bu haqda kecha, 5-may kuni parlament Quyi palatasida bo‘lib o‘tgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri muhokamasi chog‘ida ma’lum qilindi.

Qayd qilinishicha, mazkur Qonunning yangi tahriridan 14-modda, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi)” mazmunidagi modda chiqarib tashlangan.

Ushbu cheklovning olib tashlanishi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-1-moddasi (Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi) ham o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin.