Janubiy Koreya “Fukusima-1” AESdagi suvning okeanga oqizilishiga qarshi chiqdi 

  • 16:19 / 14.04.2021
  • 233

Janubiy Koreya hukumati 2011-yili zilzila va sunami natijasida halokat sodir bo‘lgan “Fukusima” AESdagi suvning Tinch okeaniga oqizilishi haqidagi qarorga qarshi chiqdi. 

“Bizning hukumatimiz Yaponiya zararlangan suvni okeanga oqizishga qaror qilganidan chuqur afsusda. Bu nomaqbul ish. Biz avvalo odamlarning xavfsizligi tamoyilidan kelib chiqamiz. Bugun Yaponiya hukumatiga xalqimiz havotiri va e’tirozini yetkazamiz”, dedi Janubiy Koreya hukumat siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi vaziri Koo Yun Cheol.

Janubiy koreyalik sotuvchi Li Xe Ok ham bu borada o‘z fikrini bildirib o‘tgan: “Odamlar dengiz mahsulotlarini sotib olishadi, ayrimlar ularni xomligicha yeyishadi. Agar Yaponiya zaharlangan suvni okeanga oqizsa, ular xavfli bo‘lib qoladi. Bu biz uchun zarba bo‘ladi. Shundoq ham pandemiya sharoitida zo‘rg‘a yuribmiz. Ikkinchi zarbaga bardosh bera olmaymiz”. 

Yaponiyani radiofaol suvni okeanga oqizishdan qaytarganlar orasida rasmiy Pekin ham bor.