Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi emlanganlar orasida dastlabki o‘lim holati kuzatildi

  • 14:43 / 22.06.2021
  • 453

Janubiy Koreyada “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlanganlarning orasida birinchi o‘lim holati kuzatildi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, marhum 30 yoshda bo‘lgan va u 16-iyun kuni trombotsitopeniya sindromi bilan trombozdan vafot etgan. Ko‘ngil aynish va bosh og‘rig‘i kabi belgilar bemorda vaksina qabul qilgandan 9 kun o‘tib boshlangan.

Ta’kidlanishicha, bu Janubiy Koreyada emlashdan keyingi birinchi o‘lim holati bo‘lib, AstraZeneca’dan aprel oyidan buyon foydalanilgan. Ushbu vaksinaning 30 yoshdan oshganlar uchun jiddiy aks ta’sir xavfi borligi aytilmoqda.

Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash idoralari COVID-19’dan emlash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan 224ta o‘lim holatini tekshirgan. 210ta holatda emlash bemorning o‘limiga olib kelmaganligi aniqlangan, boshqa holatlar bo‘yicha esa hali ham tekshiruv davom etmoqda.