Jasur Umirov uylandi (foto)

  • 17:54 / 11.06.2021
  • 908

Kuni kecha qamoqxonadan ozod etilgan xonanda Jasur Umirovning Shahzoda Moʻminova bilan oila qurgani maʼlum boʻldi.

Xabar berilishicha, toʻy marosimi Jasur Umirov qamoqxonada jazo muddatini oʻtayotgan vaqtda boʻlib oʻtgan. Shahzoda Moʻminova kelinlik liboslarini kiyib, marosimda yigʻilganlarga kelinsalom qilgan.

Ayni vaqtda Jasur Umirov Shahzoda Moʻminova bilan birga yashayotgani aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bundan bir muddat avval Shahzoda Moʻminovaning otasi Furqat Roʻziyev Jasur Umirov uning qizi bilan oila qurib, oʻz aybini yuvish, qizini baxtli qilish istagida ekanligini aytib chiqqandi. Roʻziyev tergov jarayonlari davomida fotiha toʻyi boʻlganini ham maʼlum qilgan.