Jaziramada oʻzingizni yaxshi his qilishga yordam beruvchi tavsiyalar

  • 17:29 / 08.06.2021
  • 127

Havo harorati haddan tashqari oshib ketgan kunlarda yurak va tomirlarga bosim tushmasligi uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak?

Muhim:

• Issiq kunlarda tamaki chekuvchi odamlarda yurak-qontomir kasalliklarining kelib chiqishi ehtimoli 2-4 martaga oshadi.

• Havo harorati +20-22° boʻlganda kuniga eng kamida 2 litr suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Havo harorati +30° darajagacha yuqorilaganda suv isteʼmol qilish meʼyori 3 litrgacha koʻtariladi.

• Bu vaqtda organizm oʻziga kerakli miqdorda kaliy va magniy qabul qilishi muhim. Ularni esa mevalar, quruq mevalar va koʻkatlar tarkibidan topish mumkin.

Issiq kunlarda oʻzingizni yaxshi his qilishga yordam beruvchi tavsiyalar:

• Jismoniy faollikni imkon qadar kamaytiring.

• Kun haddan tashqari isigan paytda koʻchaga chiqmang.

• Haroratning keskin almashinishidan ehtiyot boʻling.

• Quyosh nurlari ostida 15-20 daqiqadan koʻp qolib ketmang.

• Nafas olishi qiyinlashganda darhol salqin joyga oʻting.

• Kuniga 2-3 litr suv ichishni unutmang.

• Issiq kunlarda yogʻli, qovurilgan taomlar, shirinliklar va goʻsht isteʼmolini kamaytiring.