JCH-2022, Janubiy Amerika: Braziliya ushbu turnirda ilk marta ochko yo‘qotdi

  • 10:01 / 11.10.2021
  • 75

Kecha Janubiy Amerika qitʼasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2022 saralash bahslarining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi. Shu paytgacha 9 o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan Braziliya terma jamoasi kecha ilk marta ochko yo‘qotdi. Kolumbiyaga safar qilgan 5 karra jahon chempionlari nursiz durangga imzo chekishdi.

Braziliyaning nursiz o‘yinini ko‘pchilik terma jamoa yulduzi Neymarning xolatiga bog‘lamoqda. Statistika ham shuni ko‘rsatmoqda. Terma jamoa hujumchisi Neymar Kolumbiyaga qarshi o‘yinda (0:0) ham muvaffaqiyatli harakat qila olmadi. U 90 daqiqa davomida oz emas, ko‘p emas, 15 marta noaniq uzatma berdi. “PSJ” forvardi uchun mazkur natija JCH saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlarda antirekord hisoblanadi. Shuningdek, Neymar terma jamoasi safida ketma-ket 3ta o‘yindan buyon “gol+pas” tizimida ochko jamg‘ara olmayapti.

Neymarning PSJdagi jamoadoshi Lionel Messi esa aksincha, o‘z termasi uchun juda katta foydali harakatlarni amalga oshirmoqda. Kechagi Urugvay termasi bilan o‘yinda Messi hisobni ochdi va g‘alabaga zamin yaratib berdi. Bu Messining ushbu turnirdagi 6chi goli edi va u bu borada Neymarga tenglashib oldi. Lekin to‘purarlar ro‘yhatini ular emas, boliviyalik Marselo Moreno boshqarmoqda (8 gol).

Shuningdek, argentinalik hujumchi ushbu turnirda darvozalarga eng ko‘p zarba (45) bergan va eng ko‘p golli vaziyatlar (27) yaratganlik borasida ham yetakchi bo‘lib turibdi.

Kolumbiya – Braziliya 0:0 (0:0, 0:0)

Kolumbiya: Ospina, Moxika, Medina, Kuesta, Mina, Lerma (Uribe, 53), Barrios, Kintero (Sinisterra, 74), Dias, Falkao (Sapata, 74), Martines (Borre, 53).

Braziliya: Alisson, Danilo, Aleks Sandro, Militao (Tiago Silva, 71), Markinyos, Fabinyo, Fred, Lukas Paketa, Neymar, Gabriel Barboza (Rafinya, 61), Gabriel Jezus (Antoni, 71).

Ogohlantirishlar: Lerma (48), Borre (63).

Argentina – Urugvay 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 38 Messi, 2:0 – 44 de Paul, 3:0 – 62 Martines.

Argentina: Martines, Talyafiko, Molina, Otamendi (Medina, 81), Romero, Lo Chelso, Paredes (Palasios, 75), de Paul (Di Mariya, 65), Gonsales (Alvares, 75), Martines (Korrea, 65), Messi.

Urugvay: Muslera, Vinya (Pikeres, 63), Godin, Arauxo (Gonsales, 73), Koates, Vesino, Nandes (Torreyra, 63), Rodriges (Kavani, 46), de la Krus (Nunyes, 46), Valverde, Suares.

Boliviya – Peru 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 82 Vaka.

Boliviya: Lampe, Sagredo, Juzino, Fernandes (Vaka, 61), Akin (Enumba, 46), Sausedo (Vaka, 82), Vilyarroel (Xustiniano, 46), Arse, Algaranyas (Abrego, 81), Moreno, Ramalyo.

Peru: Galyese, Kalyens, Advinkula, Ramos, Lopes, Akino (Kartaxena, 67), Kueva (Garsiya, 86), Gonsales (Farfan, 85), Yotun, Kosta (Mora, 67), Lapadula (Ormenyo, 67).

Ogohlantirishlar: Vilyarroel (2), Juzino (24), Gonsales (41), Xustiniano (74), Kartaxena (75).

Chetlatish: Vaka (75).

Venesuela – Ekvador 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 37, penalti Valensiya, 1:1 – 45 Machis, 2:1 – 64 Belyo.

Venesuela: Farinyes, Ferraresi, Martines, Ernandes, Rinkon (Moreno, 79), Gonsales, Martines, Belyo (Kasseres, 88), Machis (Urtado, 90), Ramires (Aristegyeta, 79), Penyaranda (Chanselyor, 88).

Ekvador: Ramires, Estupinyan, Torres, Inkapie, Presiado (Estrada, 65), Plata (Angulo, 83), Grueso (Presiado, 89), Mena, Kaysedo, Arboleda (Franko, 83), Valensiya (Roxas, 65).

Ogohlantirishlar: Rinkon (45), Mena (62), Torres (85), Moreno (87), Aristegyeta (90), Martines (90).

Chili – Paragvay 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 68 Brereton, 2:0 – 72 Isla.

Chili: Bravo, Maripan, Isla, Vegas, Dias (Roko, 44), Vidal, Arangis, Pulgar, Ximenes (Meneses, 62), Brereton, Sanches (Nunyes, 90).

Paragvay: Silva, Alderete, Gomes, Arsamendiya, Roxas (Eskobar, 73), Morel (Sanches, 78), Almiron, Kardoso Lusena, Peres (Romero, 73), Gonsales (Sanabriya, 65), Romero (Kardoso, 78).

Ogohlantirishlar: Morel (15), Arangis (23), Peres (23), Brereton (42), Ximenes (54), Alderete (83).

Chetlatishlar: Arangis (74), Alderete (89).

Musobaqa jadvalini Braziliya termasi 28 ochko bilan boshqarmoqda. JCH finaliga yo‘llanma beradigan o‘rinlarni Argentina (22), Ekvador va Urugvay (16tadan) jamoalari egallab turishibdi.