JCh-2022: Janubiy Amerikada Braziliyani to‘xtatib bo‘lmayapti

  • 09:19 / 10.09.2021
  • 112

FIFA hali Braziliya – Argentina uchrashuvi haqida yakuniy qaror chiqarmay turib, JCh-2022 Janubiy Amerika mintaqasida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Braziliya termasi bu safar peruliklarni qabul qildi va 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu pentikampionlarning (5 karra Jahon chempioni) 8 uchrashuvdagi 8chi g‘alabasidir. To‘plar nisbati esa 19:2.
Braziliya – Peru 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 14 Everton Ribeyro, 2:0 – 40 Neymar.

Nihoyat Lionel Messining Argentina termasi safidagi o‘yinlari jamoasiga katta yordam bermoqda. Boliviya terma jamoasini qabul qilgan argentinaliklar 3:0 hisobida zafar quchdilar va uchchala gol ham Messi hisobiga yozildi. Bu 34 yoshli o‘yinchining milliy terma jamoa safida kiritgan 79-goli edi va bu ko‘rsatkich bilan u Janubiy Amerika futboli tarixida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shu kungacha ro‘yhatni boshqarib kelgan futbol qiroli Pele terma jamoasi safida 77 gol urgan edi.  
Argentina – Boliviya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 14 Messi, 2:0 – 64 Messi, 3:0 – 88 Messi.

Paragvay – Venesuela 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 7 Martines, 2:0 – 46 Romero, 2:1 – 90 Chanselor.

Urugvay – Ekvador 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Pereyro.

Kolumbiya – Chili 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar:  1:0 – 19, penaltidan Borxa, 2:0 – 20 Borxa, 2:1 – 56 Meneses, 3:1 – 74 Dias.

Musobaqa jadvalini Braziliya termasi 24 ochko bilan boshqarmoqda. Argentinaliklar hisobida 18 ochko bor. Urugvay 15 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, Ekvador va Kolumbiya termalari 13tadan ochko jamg‘arishgan. Eslatib o‘tamiz, bu qit’ada dastlabki 4 o‘rinni egallagan jamoa Jahon chempionati final turniriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. 5-o‘rin egasi esa boshqa qit’a vakili bilan pley-off o‘yinlarida yana bir yo‘llanma uchun bahs olib boradi.