JCh-2022, Osiyo: Yaponiya doimgidek iroda ko‘rsatdi

  • 11:25 / 13.10.2021
  • 89

Kecha futbol bo‘yicha JCh-2022 Osiyo qit’asida 3-saralash bosqichining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. “A” guruhida Eron terma jamoasi muhtasham "Ozodi" o‘yingohida Janubiy Koreyani mehmon qildi. Uchrashuvdagi birinchi golni "Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min urdi. Javob to‘pini esa "Feyenoord" forvardi Alirizo Jahonbaxsh kiritdi. Shu tariqa, guruhdagi markaziy hisoblangan bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi.  

Eron – Janubiy Koreya 1:1
Gollar: Alirizo Jahonbaxsh 76' – Son Xyon Min 49'  

BAA - Iroq 2:2
Gollar: Kaio Kanedo Korrea - 33', Al-Xadjeri Axmad Mabxut - 90' Muhammad Al Attos - 74', Ayman Husain - 89'

Suriya - Livan 2:3
Gollar: Omar Xarbin - 20', Omar Al Soma - 64' Muhammad Kdou - 45', 45', Sooni Saad 53'

“B” guruhida Yaponiya terma jamoasi ushbu saralashdagi eng muhim uchrashuvini o‘tkazdi. Yaponiyaliklar ikki mag‘lubiyatdan so‘ng asosiy raqobatchilaridan 6 ochko ortda qolmoqda edilar. Bu safargi raqib esa 11 o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan Avstraliya terma jamoasi edi. 
Yaponiyaliklar qiyin vaziyatlardan iroda ko‘rsatib chiqib ketishganiga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Yaponiya "Saytama Stedium"da Avstraliya terma jamoasini qabul qildi. Dastlab kunchiqar yurt vakillari hisobni ochishdi, 8-daqiqada Ao Tanakaning zarbasi golga aylandi. 70-daqiqada Avstraliya terma jamoasi o‘yinchisi Aydin Xrustich esa hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda mehmonlar vakili Aziz Bexichning avtogoli yaponlarga juda muhim bo‘lgan 3 ochkoni taqdim etdi.

Yaponiya - Avstraliya 2:1

Gollar: Ao Tanaka (8), Aziz Bexich (85, avtogol) - Aydin Xrustich (70).

Saudiya Arabistoni termasi Xitoy jamoasini qabul qildi. Beshta to‘p kiritilgan o‘yinda Saudiya Arabistoni 3:2 hisobida zafar quchdi va guruhda 12 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi.

Saudiya Arabistoni - Xitoy 3:2
Gollar: Naji Al Sami 15', 38'. Firas Al Birakan 72'. Aloizio - 46', Vu Ksi - 87'

Ummon - Vyetnam 3:1
Gollar: Issam Al Sabxi 45, Muhsin Al-Xaldi 49, Salix Al-Yaxyoi 63, Nguyen 39.