JCh-2022, Yevropa: Daniya termasi Qatar mundialiga yo‘l olgan uchinchi jamoaga aylandi

  • 09:56 / 13.10.2021
  • 77

Kecha Yevropa qit’asida Jahon chempionati-2022 saralash bahslari davom ettirildi. Bir kun avval Germaniya termasi mezbonlardan so‘ng Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Kecha Daniya ham shu vazifani uddaladi va mundialga yo‘l olgan uchinchi jamoaga aylandi. Saralash bahslarida daniyaliklar fantastik natija ko‘rsatmoqdalar: 8 o‘yinning barchasida g‘alaba, to‘plar nisbati esa 27:0!

Kechagi kun Krishtianu Ronalduning ham benefisiga aylanib ketdi. Lyuksemburg termasi bilan o‘yinda Ronaldu xet-trikka erishdi va terma jamoa safidagi 113, 114 va 115chi gollarini kiritdi. Bu Jahon rekordi hisoblanadi. Termaning bu yilgi 11 uchrashuvida Krishtianu 13 golga mualliflik qildi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi terma jamoa safida JCh saralash o‘yinlarida eng ko‘p gol urgan o‘yinchilar qatorida ikkinchi o‘rinda borayotgan eronlik Ali Dayeiga tenglashib oldi – 36tadan gol. Bu borada rekord esa gvatemalalik Karlos Ruisga tegishli – 39 gol.

To‘purarlik borasida ukrainalik Andrey Yarmolenkoning ham omadi chopmoqda. “Vest Xem”ning ukrainalik legionerining terma jamoa safida urgan gollari 44taga yetdi va endi Yarmolenko afsonaviy adashi Shevchenkodan bor yo‘g‘i 4 gol orqada qolmoqda. Shevchenko futbolchilik faoliyatini yakunlagani inobatga olinsa, Yarmolenko mamlakatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishi uchun imkoniyati yetarli.  

Yon qo‘shnimiz – Qozog‘iston terma jamoasi esa xavotirli natijalarga ega bo‘lmoqda. Qozog‘iston terma jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida Finlyandiya (0:2)dan mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa 14 o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Qozog‘iston bu davr mobaynida 9ta mag‘lubiyat va 5ta durang qayd etdi. Ushbu terma so‘nggi bor 2020 yilning 4 sentyabrida Millatlar Ligasi doirasida Litva (3:1)ni mag‘lub etgan edi. Jahon chempionati saralashida esa Talgat Baysufinov jamoasi D guruhida 3 ochko jamg‘argan holda, so‘nggi o‘rinda bormoqda. 

Kechagi tur natijalari bilan tanishtiramiz:
“A” guruhi

Portugaliya – Lyuksemburg 5:0 (3:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 8, penalti Ronaldu, 2:0 – 13, penalti Ronaldu, 3:0 – 17 Brunu Fernandesh, 4:0 – 69 Palinya, 5:0 – 87 Ronaldu.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Joau Kanselu, Ruben Diash, Mendesh, Pepe, Brunu Fernandesh (Gedesh, 80), Moutinyu (Joau Mariu, 65), Palinya (Ruben Nevesh, 73), Bernardu Silva (Mateush Nunesh, 80), Ronaldu, Andre Silva (Rafael Leau, 73).

Lyuksemburg – Moris, Shano, Yans, Karlson, Pintu (Muratovich, 87), Till (Devill, 46), Barreyro, Sinani (Veyga, 88), Till (Borjes Sanshes, 46), Rodrigesh, Martins Pereyra.
Ogohlantirishlar: Mendesh (22), Martins Pereyra (32), Joau Kanselu (84).

Serbiya – Ozarbayjon 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar: 1:0 – 30, penalti Vlaxovich, 1:1 – 45 Maxmudov, 2:1 – 52 Vlaxovich, 3:1 – 83, penalti Tadich.

Serbiya – Raykovich, Nastasich, Mitrovich, Velkovich, Lazovich (Mladenovich, 88), Kostich (Radonich, 75), Lukich, Gruyich (Tadich, 66), Milinkovich-Savich, Vlaxovich (Maksimovich, 88), Yovich (Mitrovich, 65).

Ozarbayjon – Magomedaliyev, Guseynov (Mutallimov, 63), Medvedev, Xagverdi, Salaxlы, Ozobich (Aleskerov, 73), Garayev, Abdullayev (Nuriyev, 73), Maxmudov (Mustafayev, 84), Krivosyuk, Dadashov (Sheydayev, 73).
Ogohlantirishlar: Xagverdi (29), Medvedev (65).

1.Serbiya 7 o‘yinda - 17 ochko. 2.Portugaliya 6 o‘yinda 16 ochko.

“B” guruhi

Shvesiya – Gresiya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 59, penalti Forsberg, 2:0 – 69 Isak.

Shvesiya – Olsen, Kraft, Lindelef, Danielsson, Augustinsson, Forsberg (Olsson, 87), Olsson, Ekdal (Kayuste, 82), Klasson (Svanberg, 82), Kvayson (Dyekeresh, 87), Isak.

Gresiya – Vlaxodimos, Yannulis (Limnios, 84), Mavropanos, Simikas, Andrusos, Masuras (Solis, 71), Siopis (Pelkas, 71), Bakasetas, Buxalakis, Xasidyakos, Pavlidis (Duvikas, 75).

Ogohlantirishlar: Mavropanos (58), Ekdal (61), Bakasetas (61), Xasidyakos (76), Svanberg (90).
Chetlatish: Xasidyakos (86).

Kosovo – Gruziya 1:2 (1:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 11 Okriashvili, 1:1 – 45, penalti Muriki, 1:2 – 82 Davitashvili.

Kosovo – Murich, Voyvoda, Aliti (Selmani, 86), Rraxmani, Dreshevich, Xalimi (Loshay, 74), Fazlii, Rashani (Kastrati, 59), Syelina (Musliya, 86), Rashisa (Byutyuki, 74), Muriki.

Gruziya – Loriya, Kashiya, Dvali, Kakabadze, Giorbelidze (Azarov, 80), Okriashvili (Kvilitaya, 72), Sitaishvili (Chabradze, 72), Kvarasxeliya (Davitashvili, 72), Kvekveskiri, Lobjanidze (Mamuchashvili, 90), Gviliya.
Ogohlantirishlar: Dreshevich (19), Rashani (32), Giorbelidze (32), Okriashvili (45), Chabradze (88), Dvali (90), Kastrati (90), Rraxmani (90).
1.Shvesiya – 15 ochko. 2.Ispaniya – 13. 3. Gresiya – 9.

“C” guruhi

Bolgariya – Shimoliy Irlandiya 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 35 Uoshington, 1:1 – 53 Nedelev, 2:1 – 63 Nedelev.

Bolgariya – Karadjov, Turisov, Xristov, Xristov, Velkovski, Chochev, Nedelev (Yankov, 73), Sonev (Iliyev, 46), Sonev (Malinov, 73), Despodov (Bojikov, 90), Iliyev (Krastev, 80).

Severnaya Irlandiya – Pikok-Farrell, Ketkart, Bellard (Makginn, 82), Flenagan, Makneyr, Bredli (Djons, 68), Fergyuson, Devis, Tompson, Uoshington (Charlz, 82), Madjennis (Dallas, 67).
Ogohlantirishlar: Bellard (69), Dallas (88), Malinov (88).

Litva – Shveysariya 0:4 (0:3, 0:1)

Gollar: 0:1 – 31 Embolo, 0:2 – 42 Shteffen, 0:3 – 44 Embolo, 0:4 – 90 Gavranovich.

Litva – Shetkus, Girdvaynis (Gashpuytis, 89), Shatkus, Barauskas, Slivka (Verbiskas, 46), Baravikas, Lasiskas, Megelaytis (Armanavichyus, 89), Chernыx (Velyulis, 83), Laukjyamis (Kazlauskas, 46), Novikovas.

Shveysariya – Zommer, Elvedi, Rodriges (Garsiya, 46), Vidmer, Sher, Suber (Vargas, 68), Froyler, Shteffen (Fassnaxt, 68), Sou, Shakiri (Gavranovich, 76), Embolo (Itten, 89).

Italiya va Shveysariya 14tadan ochko. Bolgariya – 8.

“D” guruhi

Ukraina – Bosniya va Gersegovina 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 15 Yarmolenko, 1:1 – 77 Axmedxodjich.

Ukraina – Pyatov, Tыmchik, Zabarnыy, Krivsov, Sobol, Yarmolenko (Zubkov, 82), Stepanenko, Sыgankov (Bulesa, 83), Shaparenko (Sidorchuk, 72), Matviyenko, Yaremchuk (Sikan, 72).

Bosniya i Gersegovina – Shexich, Chivich, Xadjikadunich, Axmedxodjich, Kolashinas (Kovachevich, 90), Xadjiaxmetovich, Stevanovich, Goyak (Prsich, 58), Nalich (Sarich, 58), Djeko, Prevlyak (Demirovich, 82).

Ogohlantirishlar: Chivich (11), Axmedxodjich (19), Prevlyak (63).

Qozog‘iston – Finlyandiya 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 45 Pukki, 0:2 – 47 Pukki.

Qozog‘iston – Shaskiy, Bыstrov (Tapalov, 76), Beysebekov, Alip, Malыy, Vasilyev (Tagыbergen, 58), Vorogovskiy (Taykenov, 73), Kuat, Jukov (Jaksыlыkov, 58), Zaynutdinov, Omirtayev (Щyetkin, 58).

Finlyandiya – Gradeski, Vyaysyanen, Granlund (Raytala, 79), Ivanov, Xyamyalyaynen, Lud (Teylor, 90), Shyuller, Kamara, Nissilya (Riski, 90), Pukki (Valakari, 79), Poxьyanpalo (Yensen, 34).
Ogohlantirishlar: Ivanov (36), Malыy (36), Zaynutdinov (39), Vorogovskiy (58).

1.Fransiya – 12 ochko. 2.Ukraina – 9. 3.Finlyandiya – 8. 

“F” guruhi

Daniya – Avstriya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 53 Mele.

Daniya – Shmeyxel, Mele, Kьyer, Vestergor, Vass (Nergor, 90), Damsgor (Dolberg, 44), Dileyni (Yensen, 90), Olsen (Larsen, 77), Xeybyerg, Kristensen, Poulsen.

Avstriya – Baxmann, Trimmel, Alaba, Xinteregger, Posh, Zabitser, Ilzanker (Onisivo, 72), Grillich, Laymer (Kayns, 83), Gryull (Gregorich, 83), Kara (Shaub, 72).
Ogohlantirishlar: Vass (31), Trimmel (47), Zabitser (90).

Isroil – Moldova 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 28 Zaxavi, 2:0 – 49 Dabbur, 2:1 – 90 Nikoleyesku.

Isroil – Marsiano, Dasa (Podgoryanu, 87), Abu-Abayd, Abu-Xanna (Arad, 46), Natxo (Kinda, 64), Menaxem, Peres, Biton, Solomon, Zaxavi, Dabbur (Abada, 74).

Moldova – Avram, Jardan, Armash, Posmak, Ryabchuk, Ionise, Dros (Spetaru, 64), Kochuk (Gыnsar, 46), Rase, Potыrnike (Boloxan, 11), Puntus (Nikoleyesku, 46).

Ogohlantirishlar: Ryabchuk (45), Spetaru (82), Rase (90).
Chetlatish: Ryabchuk (85).
Farer orollari – Shotlandiya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 86 Dayks.

Farer orollari – Gestsson, Vatnxamar, Younsson, Davidsen (Knudsen, 59), Sorensen, Edmundsson (Olsen, 90), Olsen, Nattestad, Xansson (Frederiksen, 90), Vatnsdal (Askxam, 59), Fere.

Shotlandiya – Gordon, Tirni, Xenli, Xendri (Makgregor, 68), Robertson, Freyzer (Patterson, 83), Maktomini, Makginn, Gilmor (Kuper, 90), Kristi (Nisbet, 83), Dayks.
Ogohlantirishlar: Kristi (38), Dayks (67), Xenli (82), Maktomini (90), Olsen (90)

1.Daniya – 24 ochko. 2.Shotlandiya – 17. 3.Isroil – 13.

“I” guruhi

Angliya – Vengriya 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 0:1 – 24, penalti Shallai, 1:1 – 37 Stounz.

Angliya – Pikford, Uoker, Mingz, Shou, Stounz, Foden, Maunt, Grilish (Saka, 62), Rays, Sterling (Xenderson, 76), Keyn (Abraxam, 76; Uotkins, 90).

Vengriya – Gulachi, Nego (Bolla, 90), Kechkesh, Salai, Nad, Shallai (Xan, 79), Nad, Soboslai (Nikolich, 90), Shafer (Vechei, 79), Shen (Xolender, 68), Lang.
Ogohlantirishlar: Shou (23), Shafer (41), Soboslai (90).

San-Marino – Andorra 0:3 (0:1, 0:2)

Gollar: 0:1 – 10 Puxol, 0:2 – 53 Moreno, 0:3 – 89 Rikard.

San-Marino – Benedettini, Fabbri, Simonchini, Grandoni, Chenzoni (Chekkaroli, 68), Battistini, Golinuchchi, Golinuchchi, Mularoni (Vitayoli, 60), Nanni, Tomassini (Xirsh, 68).

Andorra – Iker Alvares, San-Nikolas (Pablos, 90), Alavedra, Servos, Martines (Rubio, 84), Alaes, Vales, Maks Lovera, Rikard (Rebes, 90), Puxol (Vyeyra, 90), Moreno (Vyeyra, 77).
Ogohlantirishlar: Simonchini (22), San-Nikolas (28), Golinuchchi (63), Chenzoni (66), Grandoni (84).

1.Angliya – 20 ochko. 2.Polsha – 17. 3.Albaniya 15.