JCh-2022, Yevropa: Germaniya saralashdan mundialga yo‘l olgan ilk jamoa bo‘ldi

  • 08:27 / 12.10.2021
  • 79

Kecha futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash doirasida Yevropa qit’asida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu turning ahamiyatli tomoni, “J” guruhida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasi muddatdan oldin mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu paytgacha 2022 yil Qatarda bo‘lib Jahon chempionatining faqat bitta ishtirokchisi ma’lum edi, u ham bo‘lsa – mezbonlar. Saralash o‘yinlari orqali mundialga yo‘l olgan ilk jamoa esa Germaniya termasi bo‘ldi.


Nemis futbol uyushmasining terma jamoa murabbiylar shtabini shakllantirishi va ularning almashinuvidagi barqarorligiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. 
2006 yil Yurgen Klinsmann terma jamoa bosh murabbiyligidan ketganda, NFU uning uning o‘rniga yordamchisi Yoaxim Lyovni qo‘ydi. Terma jamoani 15 yil boshqargan Lyov unga barqarorlikni olib kirdi. Uning boshqaruvida nemislar Jahon chempioni va Konfederasiyalar Kubogi g‘olib bo‘lishdi, Yevropa vise-chempioniga aylanishdi. Ayniqsa, 2014 yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati yarim finalida mezbonlar, 5 karra Jahon chempioni - braziliyaliklarni 7:1 hisobida tor-mor etilishgani Germaniya futbol tarixiga zarxal harflar bilan bitilgan.
Bu safargi saralashda nemislar kutilmaganda o‘z maydonlarida Shimoliy Makedoniyaga 1:2 hisobida yutqazib qo‘yishdi. Terma jamoa boshqaruvi “Bavariya”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Xans-Diter Flik qo‘liga o‘tdi. Uning qo‘l ostida nemislar 5 o‘yinning barchasida g‘alaba qozondilar (to‘plar nisbati 18:1) va muddatidan oldin mundial ishtirokchisiga aylandilar. 

Rossiya terma jamoasida ham bosh murabbiy almashgandan keyin natijalar ancha yaxshilandi. Yangi murabbiy Valeriy Karpin boshqaruvida ruslar 5 o‘yinning 4 tasida qalaba qozonib, 1 o‘yinda durangga erishdilar va o‘tish o‘yinidagi ishtirokni naqd qildilar. Hozir Rossiya termasi 19 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Asosiy raqib Xorvatiya 17 ochko jamg‘argan. Guruhdagi hal qiluvchi bahs 14 noyabr kuni Xorvatiyada maydon egalari va Rossiya termasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Guruh g‘olibi mundialga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olsa, 2chi o‘rin sohibi esa bu vazifani o‘tish o‘yini orqali hal qilishi lozim bo‘ladi.   


Germaniya va Rossiya jamoalari qatoriga Niderlandiyani ham qo‘shsak bo‘ladi. Bu mamlakat termasida ham murabbiy o‘zgardi. Mashhur mutaxassis Lui van Gal uchinichi bor mamlakat terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Bu safar uning qadami ancha omadli keldi. Niderlandlar van Gal qo‘l ostida 5 o‘yinning 4 tasida g‘alaba qozondilar va bittasida durangga imzo chekdilar (to‘plar nisbati 18:2).

Kechagi turning barcha natijalari bilan tanishtiramiz:

“E” guruhi

Estoniya – Uels 0:1
"A Le Kok Arena"

Gol: 0:1 – 12 Mur.

Estoniya – Xeyn, Kuusk, Tamm, Paskochiy, Mets, Pikk (Sinyavskiy, 57), Poom, Teniste (Oyamaa, 76), Sorga (Kirss, 81), Zenev (Vaщuk, 82), Kyayt (Kallaste, 82).

Uels – Uord, Mifem, Roberts (Ganter, 83), Rodon, Ampadu, Remzi (Morrell, 80), Allen, Tomas, Uilson (Jonson, 83), Jeyms, Mur (Xarris, 71).
Ogohlantirishlar: Pikk (24), Kyayt (31), Uilson (34), Tomas (54), Kuusk (59), Mur (64), Allen (73).

Belarus – Chexiya 0:2
"Qozon markaziy stadioni"

Gollar: 0:1 – 22 Shik, 0:2 – 65 Glojek.

Belarus – Pavlyuchenko, Begunov, Pechenin, Yudenkov, Bikov, Selyava (Sadovnichiy, 46), Ebong, Sedko, Klimovich (Solovey, 78), Antilevskiy (Lisakovich, 68), Lisakovich.

Chexiya – Vaslik, Vizner, Mateyu, Zima, Chelyustka, Sadilek (Zmrgal, 88), Souchek, Peshek (Kopis, 81), Shik (Kral, 90), Vidra (Pavelka, 46), Glojek (Kuxta, 88).

Ogohlantirishlar: Bikov (17), Pechenin (24), Glojek (72), Zima (73), Yudenkov (90).

1.Belgiya – 16 ochko. Chexiya va Uels 11tadan ochko.


“G” guruhi 

Niderlandiya – Gibraltar 6:0
"Feyenoord" stadioni

Gollar: 1:0 – 9 van Deyk, 2:0 – 21 Depay, 3:0 – 45, penalti Depay, 4:0 – 48 Dumfris, 5:0 – 75 Danjuma, 6:0 – 86 Malen.

Niderlandiya – Beylo, van Deyk, Blind, de Vrey, Dumfris, Klassen, de Yong (Vegorst, 60), Bergeys (Danjuma, 60), Veynaldum, Lang (Malen, 78), Depay.

Gibraltar – Banda, Bosio (Ronan, 46), Chipolina (Britto, 46), Olivero, Valarino, Ennesli, Uoker (Xassan, 80), Uayzmen, Torilla (Mueli, 88), Chipolina, Staych (Kassiaro, 62).
Ogohlantirish: Torilla (18).

Norvegiya – Chernogoriya 1:0
"Ullevoll" stadioni

Gollar: 1:0 – 29 Elyunussi, 2:0 – 90 Elyunussi.

Norvegiya – Nyuland, Strannberg, Meling, Pedersen, Xanche-Olsen (Gabrilsen, 89), Edegor (Gregersen, 82), Deli (Yunsen, 64), Xeuge (Eursnes, 46), Elyunussi, Torstvedt (Berisha, 64), Berg.

Chernogoriya – Sharkich, Vuyachich, Radunovich (Bechiray, 82), Veshovich, Marushich, Xakshabanovich (jurjevich, 67), Shchekich (Yovovich, 76), Yankovich, Kosovich (Osmayich, 46), Tomashevich, Yovetich.

Ogohlantirishlar: Vuyachich (49), Marushich (63), Radunovich (63), Nyuland (72), Yovovich (89), Gregersen (90), Veshovich (90).
Chetlatish: Veshovich (90).

Latviya – Turkiya 1:2
"Daugava" stadioni

Gollar: 1:0 – 70, avtogol Demiral, 1:1 – 75 Dursun, 1:2 – 90, penalti Yilmaz.

Latviya – Ozols, Chernomordiy, Yurkovskis, Dubra, Emsis, Savalniyeks, Zyuzin (Tarasov, 60), Yaunzems (Ontujans, 73), Siganik, Gutkovskiy (Krollis, 81), Uldrikis (Kigurs, 60).

Turkiya – Chaqir, Demiral, Seyunjyu, Chelik, Erkin (Yilmaz, 65), Ozdemir, Kekchyu (Dursun, 65), Under, Chalxanoglu, Aktyurkoglu (Dervishoglu, 74), Yilmaz.
Ogohlantirishlar: Yaunzems (3), Siganik (50), Yilmaz (57), Tarasov (87), Ozols (90).

1.Niderlandiya – 19 ochko. 2.Norvegiya – 17. 3. Turkiya – 15.

“H” guruhi

Sloveniya – Rossiya 1:2

"Lyudski vrt"

Gollar: 0:1 – 28 Diveyev, 0:2 – 32 Jikiya, 1:2 – 40 Ilichich.

Sloveniya – Oblak, Mevlya, Karnichnik (Rogel, 87), Balkoves, Biyol, Verbich (Sheshko, 53), Gnezda-Cherin (Zaxovich, 87), Ilichich, Kurtich, Lovrich, Shporar (Chrnigoy, 72).

Rossiya – Safonov, Jikiya, Kudryashov, Diveyev (Osipenko, 36), Sutormin, Kuzyayev, Fomin (Yeroxin, 86), Bakayev (Chistyakov, 86), Barinov, Miranchuk (Zabolotniy, 78), Smolov (Zaxaryan, 79).
Ogohlantirishlar: Shporar (1), Gnezda-Cherin (27), Sutormin (42), Verbich (51), Biyol (77).

Xorvatiya – Slovakiya 2:2
"Gradski vrt" stadioni

Gollar: 0:1 – 20 Shrans, 1:1 – 25 Kramarich, 1:2 – 45 Garaslin, 2:2 – 71 Modrich.

Xorvatiya – Livakovich, Barishich, Gvardiol, Vida, Stanishich (Livaya, 67), Ivanushes (Vlashich, 46), Perishich, Pashalich (Brekalo, 60), Brozovich, Modrich, Kramarich (Suchich, 85).

Slovakiya – Rodak, Shkrinyar, Shatka, Pekarik, Gansko, Kuska (Yirka, 85), Gamshik (Bero, 41), Garaslin (Kosselnik, 72), Groshovski, Almashi, Shrans.

Ogohlantirishlar: Kuska (69), Rodak (70), Shrans (80), Gansko (89), Barishich (90).

Kipr – Malta 2:2 
«AYeK-Arena»

Gollar: 1:0 – 6 Papulis, 1:1 – 53 Muskat, 2:1 – 80 Sotiriu, 2:2 – 90 Degabriele.
Kipr – Mixail, Kiryaku (Gogich, 79), Sotiriu, Antoniadis, Ioannu, Loizu (Kakulis, 61), Kastanos, Papulis (Panayotu, 86), Andreu (Pittas, 79), Sotiriu, Demetriu (Psaltis, 86).

Malta – Bonello (Galea, 83), Pepe, Borg (Shou, 57), Muskat, Attard, Karuana (Pizani, 46), Teuma, Kamenzuli, Grech (Degabriele, 71), Montebello, Mbong (Dimek, 71).
Ogohlantirshlar: Demetriu (58), Teuma (80), Sotiriu (90), Ioannu (90), Muskat (90).

1.Rossiya – 19 ochko. 2.Xorvatiya – 17. Slovakiya va Sloveniyada 10 tadan.

“J” guruhi

Shimoliy Makedoniya – Germaniya 0:4
"Filipp II" stadioni

Gollar: 0:1 – 50 Xaverts, 0:2 – 70 Verner, 0:3 – 73 Verner, 0:4 – 83 Musiala.

Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski, Musliu, Ristovski (Ashkovski, 77), Velkoski, Alioski, Kostadinov (Ristevski, 77), Nikolov (Rakip, 58), Churlinov, Ademi (Spirovski, 29), Elmaz, Yaxovich (Miovski, 58).

Germaniya – Noyer, Zyule, Kerer, Klostermann, Raum, Kimmix, Xaverts (Adeyemi, 61), Goretska (Virts, 61), Myuller (Noyxaus, 80), Verner (Musiala, 74), Gnabri (Xofmann, 74).
Ogohlantirishlar: Xaverts (54), Ristovski (70).

Islandiya – Lixtenshteyn 4:0

"Laugardalsvellur" stadioni

Gollar: 1:0 – 19 Tourdarson, 2:0 – 35, penalti Gudmundsson, 3:0 – 79, penalti Gudmundsson, 4:0 – 89 Gudonsen.

Islandiya – Olafsson, Gretarsson (Xermannsson, 32), Byarnason, Sampsted, Xelgason (Baldursson, 65), Byarnason, Torarinsson, Torsteynsson (Ellertsson, 65), Tourdarson (Gudonsen, 80), Gudmundsson, Kьyartansson (Gudonsen, 65).

Lixtenshteyn – Byuxel, Xofer, Geppel, Gryunenfelder, Malin (Markser, 8), Xasler, Volfinger (Kardeshoglu, 84), Frommelt, Zele (Yildiz, 67), Mayer (Frik, 46), Frik (Brendle, 84).

Ogohlantirishlar: Markser (34), Frommelt (58).
Chetlatish: Markser (63).

Ruminiya – Armaniston 1:0 
«Stadionul Steaua»

Gol: 1:0 – 26 Mitrise.
Ruminiya – Nise, Rasiu (Manya, 66), Banku, Kirikesh, Nedelcharu, Chikыldeu, Stanchu (Nedelku, 81), Xadji (Mixeile, 81), Marin, Mitrise (Morusan, 62), Kesheryu (Ivan, 62).
Armaniston – Yurchenko, Oganesyan, Aroyan, Terteryan, Voskanyan, Mxitaryan, Spersyan (Vardanyan, 77), Bayramyan (Adamyan, 46), Udo (Karapetyan, 82), Barsegyan (Selarayan, 46), Grigoryan (Geloyan, 46).
Ogohlantirishlar: Barsegyan (37), Spersyan (65), Aroyan (71), Voskanyan (74), Chikыldeu (84), Mixeile (86), Adamyan (88).

1.Germaniya – 21 ochko. 2.Ruminiya – 13. Shimoliy makedoniya va Armanistonda – 12tadan.