Jeff Bezos bilan koinotga uchish uchun chipta sotildi. Uning narxi qancha?

  • 20:20 / 14.06.2021
  • 312

Blue Origin kompaniyasi kosmosga bitta chiptani onlayn auksionda 28 million dollarga sotdi. Auksionda 159 mamlakatdan 7600 dan ortiq odam ishtirok etdi, deya xabar qildi Blue Origin kompaniyasi rasmiy sayti.

20-iyul kuni bir bosqichli New Shepard raketasida Yer atmosferasidan tashqarida qisqa suborbital parvoz amalga oshiriladi. Ekipaj tarkibiga Amazon va Blue Origin asoschisi Jeff Bezos va uning ukasi Mark kiradi.

Bu bortida oddiy odamlar bo‘lgan qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan Blue Origin kemasining birinchi uchirilishi bo‘ladi. Kompaniya ilgari 15 marta uchuvchisiz raketalarni muvaffaqiyatli uchirgan edi. Parvozning maqsadi kosmik turizmni ommalashtirish hisoblanadi.

Chiptadan tushgan pullar Blue Origin tomonidan 2019-yilda kompaniya tomonidan yaratilgan “Kelajak uchun klub” fondini rivojlantirishga yuboriladi. Jamg‘arma vazifasi kosmosda yashash g‘oyasini rivojlantirish va kelajak avlodlarni ilm-fan, texnika, muhandislik va matematikada o‘z faoliyatini boshlashga ilhomlantirishdir.