“Jenoa” bosh murabbiyi Shomurodovni sotish yo sotmaslik borasida qat’iy qarorga keldi 

  • 17:25 / 22.07.2021
  • 521

Jamoa ikkinchi hujumchi qidirishni boshladi

Klub bosh murabbiyi Davide Ballardini 26 yoshli futbolchining ketishiga ta’qiq qo‘ydi, deb xabar bermoqda Match TV. Genuyaliklar O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi hujumda juftlik hosil qilib o‘ynashi uchun ikkinchi hujumchini qidirishni boshlashdi.

Shomurodovning o‘zi murabbiy bilan o‘zaro yaxshi munosabatda va boshqa klubga o‘tishni rejalashtirmayapti. Ma’lum bo‘lishicha, yaqinda Eldor o‘z oilasini O‘zbekistondan Genuyaga ko‘chirgan.

Eslatib o‘tish mumkin, A Seriyaning yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Italiya klubi “Shtubay” hamda “Vaker” jamoalariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdi va ularninig ikkalasida ham Eldor Shomurodov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun o‘zbekistonlik hujumchi shu paytgacha “Jenoa” bilan jami 32 o‘yin o‘tkazib, 8 gol, 2 assistga mualliflik qilgan.