Jey Lo, Selena va Di Kaprio: Nochorlikda ulgʻayib muvaffaqiyatga erishgan yulduzlar

  • 17:39 / 14.06.2021
  • 358

Muvaffaqiyatga erishish uchun barcha shart-sharoitlarga ega, farovon oilada tugʻilish shart emas. Buni bizning bugungi qahramonlarimiz allaqachon isbot etishgan.

Sara Jessika Parker

Aktrisa Sara Jessika Parker bolalikdan tejamkorlikka oʻrgangan. Onasi oʻqituvchi, otasi haydovchi boʻlgan ijodkor koʻp farzandli oilada voyaga yetgan, qimmatbaho narsalar haqida orzu qilmagan. Aktrisa bugungi kunda ham pulni boʻlar-boʻlmasga sarf qilavermaydi, ijodkor bolalikdan shunga odatlangan.

 

Jim Kerri

Boʻlgʻusi aktyor 15 yoshga kirgan vaqtida uning otasi ishdan haydaladi. Jim ham maktabni tashlab, opalari hamda akasi bilan farrosh boʻlib ishga joylashadi va pul topadi. Kerri keyinchalik poʻlat quyish zavodida ham ishlagan.

 

Demi Mur

Aktrisaning otasi uning onasini Demiga homiladorlik vaqtlarida tashlab ketgandi. Aktrisaning onasi ikkinchi bor turmushga chiqqan, ammo ikkinchi turmush ham unga baxt olib kelmagan. Demi Murning oʻgay otasi ham, onasi ham ichkilikka berilgan edi. Shu tariqa boʻlajak aktrisa model sifatida ishlab pul topish uchun 16 yoshida maktabdan ketgan.

 

Leonardo Di Kaprio

Boʻlgʻusi aktyor oʻz vaqtida jinoyatchilik va zoʻravonlik avj olgan koʻchada yashagan. Uning onasi oʻgʻliga ushbu muhitdan chiqib ketish uchun yordam berish maqsadida bir nechta joyda ishlab pul topgan.

 

Jennifer Lopes

Jey Lo Bronksning eng xavfli koʻchalaridan birida voyaga yetgan. Uning ota-onasi ingliz tilida tuzukroq gaplasha olishmasdi ham. Oila qanchalik nochor boʻlishiga qaramay, qizlarining kuylashlari va raqs toʻgaraklariga qatnashishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilganlar.

 

Selena Gomes

Selena Gomesning ota-onasi turmush qurganlarida otasining yoshi 17 da, onasining yoshi esa 16 da boʻlgan. Ularning muhabbatlaridan boshqa hech narsalari yoʻq edi. Selena 5 yoshga kirgan vaqtlarida juftlik ajrashish qaroriga keladi. Oiladagi moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, Selenaning onasi Mendi Tifi uchta joyda ishlab, qizini sanʼat sohasiga qiziqtiradi.