Jiru “Chelsi”ni tark etdi. Endi u Italiya klubining “to‘qqizlik” hujumchisiga aylanadi

  • 13:58 / 17.07.2021
  • 58

Futbolchi jamoa bilan xayrlashdi

“Chelsi”ning fransiyalik futbolchisi Olivye Jiru Italiyaning “Milan” klubi bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Qayd etilishicha, A Seriya klubi 34 yoshli hujumchi uchun “aristokratlarga” 2 million yevro to‘lab bergan.

O‘z navbatida, hujumchi “Chelsi” bilan xayrlashdi. “Barcha “ko‘klar”ga, jamoadoshlarimga, murabbiylar va umumiy jamoaga o‘ziga xos lahzalar taqdim etgani uchun tashakkur. 

Men yangi sayohatimni ko‘tarinki qalb bilan boshlayman. Angliya Kubogi, Yevropa Ligasi va Chempionlar Ligasidagi g‘alabalarimiz ajoyib bo‘ldi”, - deb yozib qoldirdi Jiru o‘zining twitter sahifasida. 

Ma’lum bo‘lishicha Olivye Jiru “Milan”da to‘qqizinchi raqamda to‘p tepadi. “Rossonerilar” rasmiy sayti Fransiyalik hujumchi libosiga oldindan buyurtma berish uchun ochiq turubdi.

Ma’lumot o‘rnida, Jiru 2020/21-yilgi mavsumda “Chelsi” libosida 17 o‘yin o‘tkazib,  4ta gol urgan.