Jizzaxda xalqaro universitet filiali ochiladi

  • 12:38 / 11.06.2021
  • 178

Jizzax viloyatida Qozon federal universiteti filiali faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma'lum qildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Jizzax viloyati hokimligi va Toshkent davlat texnika universiteti vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari uyushtirildi.

Unda,delegatsiya a’zolari nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Tatariston Respublikasi Qozon federal universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida Jizzax viloyatida ushbu oliygohning filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha to‘rt tomonlama kelishuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra:

– Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filiali 2022/2023 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi;

– Filialda eng kamida 40 foiz professor-o‘qituvchi Qozon federal universiteti hisobidan ta’minlanadi;

– Jizzax viloyati hokimligi tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalar turar-joy bilan ta’minlanadi;

– Kadrlar tayyorlash Qozon federal universiteti ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi.