Jo Bayden: “Rossiya demokratiya yoʻliga gʻov boʻlishda davom etsa, unga javob qaytarishga tayyorman”

  • 15:40 / 16.04.2021
  • 102

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilinganidan keyin bu haqida rasmiy bayonot berdi.

“Agar Rossiya demokratiyamizga aralashishda davom etsa, unga javoban chora koʻrishga tayyorman. Ammo, raqobatimizning uzoq yillik tarixi davomida mamlakatlarimiz vaziyatning nazorat ostidan chiqib ketmasligi uchun turli usullar topib kelishgan. AQSh va Rossiya birga ishlashishi mumkin boʻlgan sohalar ham bor”, dedi AQSh prezidenti.

Jozef Bayden Rossiya faoliyatini mamlakatning milliy xavfsizligi uchun tahdid deb bilishi va shu sababli favqulodda rejim eʼlon qilinishini oshkor etdi.