Joriy yilning o‘tgan 6 oyida YTHlarda qancha odam vafot etgani ma’lum qilindi

  • 17:38 / 15.07.2021
  • 109

IIV YHXBB Axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida respublika bo‘yicha jami 3 753 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani haqida ma’lum qildi.

Mazkur YTHlar natijasida esa 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 3 170 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan

Ta’kidlanishicha, umumiy yo‘l-transport hodisalarining asosiy qismi, ya’ni qariyib 28 foizi haydovchilar tomonidan belgilangan tezlik me’yorlarini buzish oqibatida kelib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning birinchi choragida sodir etilgan YTH bo‘yicha berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda sodir etilgan 1491 ta YTHda 394 nafar fuqaro vafot etgani, 1 168 nafar fuqaro esa turli darajada tan jarohati olgani aytilgan edi.

Hududlar kesimida eng ko‘p yo‘l harakatidagi qonunbuzilishlar – Toshkent (208 ta) va Farg‘ona (212) viloyatlari hamda Toshkent (170) shahrida kuzatilgan.