Jurnalist Roman Protasevich yolgʻon mish-mishlarga chek qoʻyishni soʻradi

  • 17:57 / 15.06.2021
  • 173

Belorussiyada qoʻlga olingan jurnalist, NEXTA kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich ayni vaqtdagi holatidan hech qanday shikoyatlari yoʻq ekani va uning salomatligi haqidagi mish-mishlarga chek qoʻyishni iltimos qildi.

Jurnalist “Ryanair” samolyotining favqulodda qoʻnishi masalasiga bagʻishlangan Minsk shahridagi matbuot anjumanida ishtirok etib, uni tergov hisobxonasida doʻpposlashayotgani haqidagi xabarlar yolgʻon ekanligini aytdi.

Jurnalistlardan biri Protasevichning qoʻlidagi izlar haqida savol bergan. Roman esa bunga javoban izlar “qoʻlga olish vaqtidagi harakatlardan qolganini” taʼkidlagan.

Protasevich oʻz salomatligi haqida juda koʻp soxta xabarlar eshitganini aytib oʻtdi.

“Oʻzimni juda yaxshi his qilyapman, hammasi joyida, hech qanday shikoyatim yoʻq, meni birov urmayapti, barmoqlarini ham tekkizganlari yoʻq. Men bunday mish-mishlarni tarqatmasligingizni iltimos qilaman” dedi jurnalist.

Protasevich mazkur vaziyatning haqiqiy asirlari – “Ryanair” samolyoti qoʻngan vaqtda qoʻlga olingan Rossiya fuqarosi, oʻzining sevgan qizi Sofya Sapega va ayni vaqtda Polshada boʻlib turgan ota-onasi ekanligini aytdi.

Protasevich “Tergov hibsxonasi – Vilnyusdagi uyga teng kelolmasligi”, birov ahvoli joyida ekanligini taʼkidlab oʻtgan.