Kaniza tez orada san’atni tark etishi haqida ma’lum qildi 

  • 09:00 / 01.04.2021
  • 141

Xonanda Kaniza tez orada san’at olamini tark etish niyati borligi haqida aytdi. Ijodkor hayotidagi bu o‘zgarish tez orada sodir bo‘lishini ma’lum qilgan. 

Uning aytishicha, ushbu qarorga mashhurlikdan charchash va oddiy odam kabi hayot kechirish istagi sabab bo‘lmagan. Ijodkor shunchaki to‘g‘ri yo‘lda emasligini tushunib yetgan. 

“Yoshligimdan o‘qib-o‘rganmaganman, ammo bugun o‘qib, bilim olib, bu narsa noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetdim”, dedi xonanda.