Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati tugatildi

  • 11:30 / 04.04.2021
  • 75

Prezidentning 3-aprel kuni imzolagan qarori bilan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati tugatiladi.

Agentlikning barcha vakolatlari, funksiya, vazifalari va mol-mulki Moliya vazirligiga oʻtkaziladi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 2019-yil yanvar oyida tashkil etilgan edi.

Oldinroq agentlik direktori Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi rahbari, investisiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi etib tayinlangan edi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-maydan davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtiriladi.

Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalarida jami 5 ming 288 ta shtat, shuningdek, vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.