Karantinda bolalar oromgohlari faoliyati qanday tashkil etiladi?

  • 14:16 / 15.06.2020
  • 445

Bugun, 15-iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Birifingda “Karantinda yozgi bolalar oromgohlari faoliyati qanday tashkil etiladi?”, degan savol berildi.

Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, hozirda 80 ga yaqin bolalar oromgohi ish boshlashi rejalashtirilgan. 

Asos – Bolalarni xavfsiz dam oldirish va sog‘lomlashtirishni tashkil qilish Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasinining 26-maydagi 1-sonli bayoniga muvofiq tasdiqlangan dislokatsiya.

Oromgohga dam olish va ishlashga boradigan bolalar va tarbiyachilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi.